Samarqand va Toshkent viloyatidan uch nafar o‘qituvchi Moskvadagi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Samarqand va Toshkent viloyatidan uch nafar o‘qituvchi Moskvadagi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi "Ruscha gapiramiz, yozamiz, o‘ylaymiz!" xalqaro tanlovida Samarqand va Toshkent viloyatidan uch nafar pedagog g‘olib bo‘ldi. Ular rus tili va adabiyotiga bag‘ishlangan videoloyihalar taqdim etdi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Moskvada "Ruscha gapiramiz, yozamiz, o‘ylaymiz!" xalqaro tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar orasida Samarqand va Toshkent viloyatidan kelgan uch nafar pedagog ham bor, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Tanlov g‘oliblari:— Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘qituvchisi Shahlo Jamaldinova — xorijiy ishtirokchilar nominatsiyasida;— Samarqand davlat pedagogika instituti kafedra mudiri Tamilla Mavlonova — "Adabiyot qalbni tarbiyalay oladimi?" videoroligi bilan;— Toshkent viloyatidan kelgan rus tili o‘qituvchisi Zulxumor Narmetova — "Ona tilim — buyuk va qudratli rus tili" videosi bilan.Taqdirlash marosimi rossiyalik vatandoshlar ommaviy axborot vositalari forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.Tanlovda Rossiya va xorijiy davlatlarning federal hamda mintaqaviy teleradiokompaniyalari, bosma ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, internet resurslari, blogerlar, talabalar, media sinflari va ta’lim markazlari o‘quvchilari ishtirok etdi.Mukofotlarni Moskva shahar dumasi raisi o‘rinbosari Stepan Orlov, xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Georgiy Yakovlev, Moskva vatandoshlar uyi direktori Dmitriy Kojayev va Moskva Jurnalistlar uyushmasi birinchi kotibi Lyudmila Sherbina topshirdi.Adabiyot qalbni tarbiyalaydi va madaniyatlarni birlashtiradiSamarqand davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Tamilla Mavlonovaning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga aytishicha, "Adabiyot qalbni tarbiyalay oladimi?" videoloyihasi rus va o‘zbek adabiyoti o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni ko‘rsatish hamda unga yoshlar e’tiborini jalb etish imkonini berdi.
Samarqand va Toshkent viloyati vakillari rus tili va adabiyotini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan videoloyihalari bilan tanlov g‘oliblari qatoridan joy oldi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Moskvada "Ruscha gapiramiz, yozamiz, o‘ylaymiz!" xalqaro tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar orasida Samarqand va Toshkent viloyatidan kelgan uch nafar pedagog ham bor, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tanlov g‘oliblari:
— Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘qituvchisi Shahlo Jamaldinova — xorijiy ishtirokchilar nominatsiyasida;
— Samarqand davlat pedagogika instituti kafedra mudiri Tamilla Mavlonova — "Adabiyot qalbni tarbiyalay oladimi?" videoroligi bilan;
— Toshkent viloyatidan kelgan rus tili o‘qituvchisi Zulxumor Narmetova — "Ona tilim — buyuk va qudratli rus tili" videosi bilan.
Taqdirlash marosimi rossiyalik vatandoshlar ommaviy axborot vositalari forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Rossiya va xorijiy davlatlarning federal hamda mintaqaviy teleradiokompaniyalari, bosma ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, internet resurslari, blogerlar, talabalar, media sinflari va ta’lim markazlari o‘quvchilari ishtirok etdi.
Unda 26 ta davlat va Rossiyaning 20 ta shahridan, jumladan, O‘zbekistondan xorijiy ruszabon hamjamiyat vakillari qatnashdi.
Mukofotlarni Moskva shahar dumasi raisi o‘rinbosari Stepan Orlov, xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Georgiy Yakovlev, Moskva vatandoshlar uyi direktori Dmitriy Kojayev va Moskva Jurnalistlar uyushmasi birinchi kotibi Lyudmila Sherbina topshirdi.
Adabiyot qalbni tarbiyalaydi va madaniyatlarni birlashtiradi
Samarqand davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Tamilla Mavlonovaning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga aytishicha, "Adabiyot qalbni tarbiyalay oladimi?" videoloyihasi rus va o‘zbek adabiyoti o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni ko‘rsatish hamda unga yoshlar e’tiborini jalb etish imkonini berdi.
"Bunday loyihalar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi professional hamkorlik, do‘stona aloqalar va madaniy muloqotni mustahkamlaydi", — dedi u.
Rossiyalik vatandoshlar ommaviy axborot vositalari forumi 13–17 iyul kunlari Moskvada o‘tkazilmoqda. Tadbir Moskva hukumati, Moskva tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti, Moskva vatandoshlar uyi va Moskva Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.