Mirziyoyev Putinni Davlat dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat hamkorligini yanada rivojlantirish va uni yangi tashabbuslar bilan boyitishga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya Federal Majlisi Davlat dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev saylovlar Rossiya jamiyatining yuksak siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini yana bir bor namoyon etganini ta’kidladi.
O‘zbekiston rahbari saylovchilarning rekord darajadagi ishtiroki va ovoz berish natijalari Rossiya fuqarolarining Vladimir Putin rahbarligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan strategik yo‘nalishga ishonchidan dalolat berishini qayd etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Parlamentlararo hamkorlik ikki tomonlama loyiha va dasturlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Mirziyoyev ikki mamlakat hamkorligini yanada rivojlantirish va uni yangi tashabbuslar bilan boyitishga ishonch bildirdi.
Maktub yakunida O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putinga mustahkam sog‘lik va davlatchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi
Obrashenie Vladimira Putina v preddverii viborov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2026
Putin parlament saylovlari arafasida rossiyaliklarga murojaat qildi
Yangiliklar lentasi
0