Aichi-Nagoya-2026: Humoyunmirzo Halimov kumush medal sohibi bo‘ldi

© Press-slujba NOKAichi-Nagoya-2026: Xumoyunmirzo Xalimov stal obladatelem serebranoy medali
Aichi-Nagoya-2026: Xumoyunmirzo Xalimov stal obladatelem serebranoy medali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Obuna bo‘lish
Karatechi Humoyunmirzo Halimov -55 kg vazn toifasida finalga qadar yetib borib, Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Karate bo‘yicha -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Humoyunmirzo Halimov finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda u Qozog‘iston vakili Joloman Bigabilga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibi bo‘ldi.
Shu tariqa Halimov O‘zbekiston delegatsiyasining Aichi-Nagoya-2026 musobaqalaridagi birinchi medalini qo‘lga kiritdi.
XX yozgi Osiyo o‘yinlari Yaponiyaning Aichi prefekturasi va Nagoya shahrida o‘tkazilmoqda. Musobaqalar 19-sentabrda boshlangan bo‘lib, 4-oktabrga qadar davom etadi. O‘yinlar dasturidan 43 ta sport turi o‘rin olgan, bellashuvlar 54 ta obyektda tashkil etiladi.
O‘zbekiston mazkur Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashmoqda. Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat sharafini 42 ta sport turida 396 nafar sportchi himoya qilmoqda. Karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga olti nafar sportchi kiritilgan.
Dzudoisti Uzbekistana zavoyevali pat medaley na turnire Bolshogo shlema v Lozanne - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2026
O‘zbekiston dzudochilari Lozannadagi “Katta dubulg‘a” turnirida beshta medal oldi
Yangiliklar lentasi
0