O‘zbekiston kompaniyalarining Suriya bozoriga chiqish xarajatlari subsidiyalanadi

© Syrian arab news agencyV Tashkente sostoyalsya uzbeksko-siriyskiy biznes-forum
V Tashkente sostoyalsya uzbeksko-siriyskiy biznes-forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi biznes-forumda ikki davlat kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash, ko‘rgazmalar va qo‘shma loyihalar rejasi belgilab olindi
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. 19 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston–Suriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Suriya iqtisodiyot va sanoat vaziri Muhammad Nidal ash-Shaar hamda ikki mamlakat biznes vakillari ishtirok etdi.
Suriya delegatsiyasi tarkibida to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari va elektrotexnika sohalaridagi 30 dan ortiq yirik kompaniya rahbarlari qatnashdi.
Forumda 2027-yil fevralda Halab va Damashqda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini, yil davomida esa Toshkentda Suriya mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazish rejasi ma’lum qilindi. Halabda O‘zbekiston savdo uyi ham faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston kompaniyalarining Suriya bozoriga chiqishini yengillashtirish uchun ombor ijarasi, sertifikatlashtirish va tashish xarajatlarini subsidiyalashni o‘z ichiga olgan ko‘mak choralari nazarda tutilgan. O‘zbekistonda ishlashga qiziqqan Suriya kompaniyalariga esa mahalliy hamkor topish, muzokaralar va loyihalarni amalga oshirishda yordam beriladi.
18 sentabr kuni ikki davlat Qo‘shma iqtisodiy va savdo qo‘mitasini tuzish bo‘yicha memorandum imzolagan. Suriya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, qo‘mita har yili navbatma-navbat ikki mamlakatda yig‘iladi va unda xususiy sektor vakillari ham ishtirok etadi.
Shuningdek, Suriya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi tuzildi. Tomonlar aniq loyihalarni ishlab chiqish uchun vazir o‘rinbosarlari boshchiligida ishchi guruh tashkil etgan. Forum B2B va B2G muzokaralari bilan davom etdi.
V Aleppo otkrilsya Uzbeksko-Siriyskiy torgoviy dom i distribyutorskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Halabda O‘zbekiston–Suriya savdo uyi ochildi
Yangiliklar lentasi
0