Halabda O‘zbekiston–Suriya savdo uyi ochildi

© Torgovo-promishlennaya palata V Aleppo otkrilsya Uzbeksko-Siriyskiy torgoviy dom i distribyutorskiy sentr
V Aleppo otkrilsya Uzbeksko-Siriyskiy torgoviy dom i distribyutorskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Obuna bo‘lish
Halabda ochilgan savdo uyi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Suriya bozoriga olib chiqish va yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya savdo uyi va distributsiya markazi ochildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Markaz Savdo-sanoat palatasi hamda “Ahmad Kalash Ltd” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Uning ochilish marosimida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov, O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov hamda ikki mamlakatning 100 nafardan ortiq tadbirkori ishtirok etdi.
Savdo uyi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Suriya bozoriga olib chiqish hamda logistika va distributsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ochildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan Halabga bitta konteynerni yetkazish taxminan 10 kun davom etadi. Tashish narxi o‘rtacha 2,5 ming dollarni tashkil etmoqda.
Markaz orqali “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni Suriya bozorida targ‘ib qilish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish va yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirish rejalashtirilgan.
Rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
O‘zbekiston va Erbil SSP o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Yangiliklar lentasi
0