O‘zbekiston shaxmatchilari Butunjahon olimpiadasida uchinchi kun davomida peshqadamlik qilmoqda

© Sputnik46-Butunjahon shaxmat olimpadasi
46-Butunjahon shaxmat olimpadasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2026
Obuna bo‘lish
Uch tur yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning asosiy jamoalari maksimal 6 ta ochko jamladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston shaxmatchilari Butunjahon olimpiadasida uch kun davomida peshqadamlik qilmoqda, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.
© Sputnik46-Butunjahon shaxmat olimpadasi
46-Butunjahon shaxmat olimpadasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2026
46-Butunjahon shaxmat olimpadasi
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgkan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining uchinchi turi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy erkaklar va ayollar jamoalari mamlakatga uchinchi g‘alabani keltirdi.
Erkaklar terma jamoasi Avstriyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Shaxmatchi ayollar ham Indoneziyani mag‘lub etib, xuddi shunday natija bilan turni yakunlashdi.
Ikkinchi jamoalarda erkaklar 1,5:2,5 hisobida Germaniyaga, qizlar esa 1:3 hisobida Ispaniyaga imkoniyatni boy berishdi.
O‘zbekistonning uchinchi tarkiblari ishonchli g‘alabalar qozonishdi. Erkaklar Marokash terma jamoasini 3,5:0,5, qizlar esa Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Uch tur yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy jamoalari maksimal 6 ta o‘yin ochkosiga, ikkinchi va uchinchi tarkiblari esa to‘rttadan ochko to‘plashdi.
Bugun, 19-sentabr kuni soat 15:00da Samarqandda to‘rtinchi tur o‘yinlari boshlanadi.
© Sputnik46-Butunjahon shaxmat olimpadasi
46-Butunjahon shaxmat olimpadasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2026
46-Butunjahon shaxmat olimpadasi
Ma’lumot uchun, shu kunlarda Samarqandda (FIDE) 46-shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu olimpiada ishtirokchilar soni bo‘yicha turnir tarixidagieng yirik musobaqaga aylanadi. Samarqandda Ochiq bo‘limda 208 ta, ayollar turnirida esa 192 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda Budapeshtda o‘rnatilgan 380 ta jamoadan iborat avvalgi rekordni yangilaydi. Musobaqalar 11 bosqichda o‘tkaziladi va 27-sentabrgacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0