https://oz.sputniknews.uz/20260824/tashkenta-yashil-tolqin-59930866.html
Toshkentda yana bir “yashil to‘lqin”: yo‘lga ketadigan vaqt 30 foizga qisqardi
Toshkentda yana bir “yashil to‘lqin”: yo‘lga ketadigan vaqt 30 foizga qisqardi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida “yashil to‘lqin” tizimi ishga tushirildi. Janubiy vokzal va Grand Mir Hotel o‘rtasida yo‘l vaqti 30 foizga, qizil chiroqda to‘xtashlar soni 6 tadan 2 taga qisqardi.
2026-08-24T15:03+0500
2026-08-24T15:03+0500
2026-08-24T15:13+0500
yo‘l
avtomobil yo‘li
haydovchilar
toshkent
avtomobil
xavfsizlik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52722624_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a6eb1595f48fb9f4670ebcf97ec20500.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi yo‘nalishi ishga tushirildi. Endi u Shota Rustaveli ko‘chasidagi Janubiy vokzal va "Grand Mir Hotel" oralig‘ida ikki tomonlama amal qiladi. Bu haqda Toshkent shahar YHTEM matbuot xizmati xabar berdi.O‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra, Janubiy vokzaldan "Grand Mir Hotel" tomon harakatlanish vaqti 11 daqiqa 30 soniyadan 8 daqiqaga qisqargan. Qizil chiroqda to‘xtashlar soni esa 6 tadan 2 taga kamaygan.Shunday qilib, har ikki yo‘nalishda manzilga yetib borish vaqti 3 daqiqa 30 soniyaga yoki qariyb 30 foizga qisqargan.“Yashil to‘lqin” barcha svetoforlarda yashil chiroq bir vaqtda yonishini anglatmaydi. Tizimda avtomobilning yo‘lning muayan qismini bosib o‘tishi uchun zarur vaqt hisoblanib, keyingi svetoforda yashil signal yonishi shunga muvofiq sozlanadi.Haydovchi yo‘nalishga yashil signalda kirib, belgilangan tezlikda bir maromda harakatlansa va yo‘lda tirbandlik bo‘lmasa, navbatdagi svetoforga yashil chiroq yongan paytda yetib boradi.Ta’kidlanishicha, tizim harakat tezligini oshirish uchun emas, transport oqimining bir maromda va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan. U svetoforlar oldidagi to‘xtashlar va kutish vaqtini, shuningdek, yonilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260819/yashil-tolqin-tashkent-59810004.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52722624_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a93d89709ad797aca2c6b40b7f9149e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yo‘l, avtomobil yo‘li , haydovchilar, toshkent, avtomobil, xavfsizlik, jamiyat
yo‘l, avtomobil yo‘li , haydovchilar, toshkent, avtomobil, xavfsizlik, jamiyat
Toshkentda yana bir “yashil to‘lqin”: yo‘lga ketadigan vaqt 30 foizga qisqardi
15:03 24.08.2026 (yangilandi: 15:13 24.08.2026) “Yashil to‘lqin” Janubiy vokzal va "Grand Mir Hotel" o‘rtasida ikki tomonlama ishlay boshladi. Yo‘l vaqti 3,5 daqiqaga qisqardi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Toshkentda “yashil to‘lqin” tizimining navbatdagi yo‘nalishi ishga tushirildi. Endi u Shota Rustaveli ko‘chasidagi Janubiy vokzal va "Grand Mir Hotel" oralig‘ida ikki tomonlama amal qiladi. Bu haqda Toshkent shahar YHTEM matbuot xizmati
xabar berdi.
O‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra, Janubiy vokzaldan "Grand Mir Hotel" tomon harakatlanish vaqti 11 daqiqa 30 soniyadan 8 daqiqaga qisqargan. Qizil chiroqda to‘xtashlar soni esa 6 tadan 2 taga kamaygan.
Qarama-qarshi yo‘nalishda — "Grand Mir Hotel"dan Janubiy vokzalgacha bo‘lgan yo‘l vaqti 12 daqiqadan 8 daqiqa 30 soniyaga tushgan. Bu yo‘nalishda ham haydovchilar qizil signalda avvalgi 6 ta o‘rniga 2-marta to‘xtaydi.
Shunday qilib, har ikki yo‘nalishda manzilga yetib borish vaqti 3 daqiqa 30 soniyaga yoki qariyb 30 foizga qisqargan.
“Yashil to‘lqin” barcha svetoforlarda yashil chiroq bir vaqtda yonishini anglatmaydi. Tizimda avtomobilning yo‘lning muayan qismini bosib o‘tishi uchun zarur vaqt hisoblanib, keyingi svetoforda yashil signal yonishi shunga muvofiq sozlanadi.
Haydovchi yo‘nalishga yashil signalda kirib, belgilangan tezlikda bir maromda harakatlansa va yo‘lda tirbandlik bo‘lmasa, navbatdagi svetoforga yashil chiroq yongan paytda yetib boradi.
Buning uchun haydovchilar tezlik meyoriga rioya qilishi, keskin tezlashish va tormozlashdan saqlanishi, xavfsiz oraliq masofani saqlashi lozim.
Ta’kidlanishicha, tizim harakat tezligini oshirish uchun emas, transport oqimining bir maromda va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan. U svetoforlar oldidagi to‘xtashlar va kutish vaqtini, shuningdek, yonilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qiladi.