Rossiya UQKning Kiyev, Zaporojye va Odessadagi harbiy sanoat obyektlariga zarba berdi
12:07 17.09.2026 (yangilandi: 12:12 17.09.2026)

© Sputnik / Maksim Blinov
/ Obuna bo‘lish
Bu sanoat obyektlari Ukraina armiyasin ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari tunda Ukraina metallurgiya va radioelektronika sanoati, harbiy-sanoat majmuasi korxonalari, port va transport infratuzilmasini ta’minlovchi energetika obyektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Zarbalar yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan berildi.
Nishonga olingan obyektlar:
Kiyev va Kiyev viloyatida:
— turli xil, jumladan RAX-2X o‘rta masofali dronlarni ishlab chiqarish va saqlash sexi;
— "Pegas Arms"ning uzoq va o‘rta masofali samolyot tipidagi dronlar ishlab chiqarish va saqlash sexi;
— dronlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish va yer usti robot majmualarini tayyorlash korxonasi;
— harbiy maqsadlarda foydalaniladigan server uskunalari joylashgan "De Novo Data Center" ma’lumotlar markazi;
— Kiyev viloyatidagi harbiy obyektlarni energiya bilan ta’minlovchi Brovari akkumulyator energiya saqlash parki.

Zaporojyeda:
— "Zaporojstal" metallurgiya kombinati;
— radiotexnik razvedka va radioelektron kurash komplekslari hamda zenit raketalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi "Iskra" ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi.

Odessa viloyatida:
— "Chernomorsk" portida harbiy yuk yetkazib bergan quruq yuk kemasi;
— "Izmail" porti ishlashini ta’minlovchi "Arsiz" elektr podstansiyasi;
— Mayaki hududida Dnestr darosi ustidan o‘tgan ikkita avtomobil ko‘prigi.

Shuningdek, Odessadan 11 kilometr sharqdagi dengiz o‘tish yo‘lida "Odessa" portiga Ukraina Qurolli kuchlari uchun yuk olib ketayotgan yana bir quruq yuk kemasiga zarba berilgan.