https://oz.sputniknews.uz/20260831/uzbekistan-dzyudochilar-turnir-medal-60093017.html
O‘zbekiston dzudochilari Lozannadagi “Katta dubulg‘a” turnirida beshta medal oldi
O‘zbekiston dzudochilari Lozannadagi “Katta dubulg‘a” turnirida beshta medal oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston dzudochilari Lozanna “Katta dubulg‘a” turnirida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida oltinchi bo‘ldi.
2026-08-31T11:04+0500
2026-08-31T11:04+0500
2026-08-31T11:20+0500
sport
dzudo
milliy olimpiya qo‘mitasi
shveysariya
oltin medal
kumush medal
bronza medal
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60092355_0:134:960:674_1920x0_80_0_0_44fe17552b305af3dcd971e394bd775c.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston dzudo terma jamoasi Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turnirini beshta medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifalarida kurashgan o‘zbekistonlik dzudochilar 1 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritishdi.Hal qiluvchi bellashuvda Bozorov g‘alaba qozonib, “Katta dubulg‘a” turnirining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Murtazoyev esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.Bozorov finalgacha Germaniya vakili Lasse Shriver, rossiyalik Mansur Lorsanov, bolgariyalik Ivaylo Ivanov hamda chexiyalik Adam Kopeskiyni mag‘lub etdi. Murtazoyev esa gruziyalik Akaki Japaridze, shveysariyalik Simon Gautshi, braziliyalik Rafael Masedo va rossiyalik Yegor Andonidan ustun keldi.-100 kg vazn toifasida Ernazar Sarsenbayev bronza medali sohibi bo‘ldi. U dastlab qozog‘istonlik Marat Baykamurov va braziliyalik Leonardo Gonsalvesni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Niderlandiyalik Simeon Katarinaga imkoniyatni boy bergan Sarsenbayev bronza uchun bellashuvda yaponiyalik Tetta Xamadani yengdi.Avvalroq Arslonbek Tojiyev -81 kg vaznda kumush, Samariddin Qo‘chqorov esa -60 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.Birinchi o‘rin Rossiya, keyingi o‘rinlar Yaponiya va Germaniya jamoalariga nasib etdi.28–30 avgust kunlari o‘tkazilgan musobaqada 77 ta mamlakatdan 513 nafar dzudochi ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260720/asia-chempionat-dzyudochilar-birinchi-59138744.html
shveysariya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60092355_0:182:960:902_1920x0_80_0_0_6daaf4a09bd3df9793c053ed704c794a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, dzudo, milliy olimpiya qo‘mitasi, shveysariya, oltin medal, kumush medal, bronza medal, o‘zbekiston
sport, dzudo, milliy olimpiya qo‘mitasi, shveysariya, oltin medal, kumush medal, bronza medal, o‘zbekiston
O‘zbekiston dzudochilari Lozannadagi “Katta dubulg‘a” turnirida beshta medal oldi
11:04 31.08.2026 (yangilandi: 11:20 31.08.2026) O‘zbekiston dzudo terma jamoasi musobaqada 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston dzudo terma jamoasi Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turnirini beshta medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifalarida kurashgan o‘zbekistonlik dzudochilar 1 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
-90 kg vazn toifasida finalga ikki nafar O‘zbekiston vakili — Umar Bozorov va Nurbek Murtazoyev yetib keldi.
Hal qiluvchi bellashuvda Bozorov g‘alaba qozonib, “Katta dubulg‘a” turnirining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Murtazoyev esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bozorov finalgacha Germaniya vakili Lasse Shriver, rossiyalik Mansur Lorsanov, bolgariyalik Ivaylo Ivanov hamda chexiyalik Adam Kopeskiyni mag‘lub etdi. Murtazoyev esa gruziyalik Akaki Japaridze, shveysariyalik Simon Gautshi, braziliyalik Rafael Masedo va rossiyalik Yegor Andonidan ustun keldi.
-100 kg vazn toifasida Ernazar Sarsenbayev bronza medali sohibi bo‘ldi. U dastlab qozog‘istonlik Marat Baykamurov va braziliyalik Leonardo Gonsalvesni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Niderlandiyalik Simeon Katarinaga imkoniyatni boy bergan Sarsenbayev bronza uchun bellashuvda yaponiyalik Tetta Xamadani yengdi.
Avvalroq Arslonbek Tojiyev -81 kg vaznda kumush, Samariddin Qo‘chqorov esa -60 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Lozanna “Katta dubulg‘a” turnirini 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunlab, umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinni egalladi.
Birinchi o‘rin Rossiya, keyingi o‘rinlar Yaponiya va Germaniya jamoalariga nasib etdi.
28–30 avgust kunlari o‘tkazilgan musobaqada 77 ta mamlakatdan 513 nafar dzudochi ishtirok etdi.