TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioni bilan tanishdi.“Turon” stadioni “Aral” professional futbol klubining bazasi hisoblanadi. Bu yerda Respublika futbol akademiyasining 190 nafar tarbiyalanuvchisi muntazam mashg‘ulotlar va o‘quv yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Majmuada ikkita sport zali va ikkita qo‘shimcha stadion ham mavjud.Loyihaning umumiy qiymati 118,6 milliard so‘mni tashkil etadi. Majmuada 85 nafar kishining doimiy bandligi ta’minlandi. Rekonstruksiya natijasida stadion sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun 196 o‘rinli yotoqxona, 84 o‘rinli oshxona, trenajor zallari va taktik tahlil xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, yengil atletika, boks va taekvondo bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 100-150 nafar sportchining shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilgan.Stadionda ommaviy axborot vositalari uchun maxsus platformalar, ofsayd kameralarini o‘rnatish nuqtalari hamda markazlashgan VAR tizimi uchun alohida zona tashkil etildi. Mazkur infratuzilma musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish va yoritishga xizmat qiladi.Prezident shu yerda mashg‘ulot o‘tayotgan yosh sportchilar bilan samimiy suhbatlashdi va ular bilan esdalik uchun suratga tushdi.
Rekonstruksiya natijasida stadion sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioni bilan tanishdi.
“Turon” stadioni “Aral” professional futbol klubining bazasi hisoblanadi. Bu yerda Respublika futbol akademiyasining 190 nafar tarbiyalanuvchisi muntazam mashg‘ulotlar va o‘quv yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Majmuada ikkita sport zali va ikkita qo‘shimcha stadion ham mavjud.
Loyihaning umumiy qiymati 118,6 milliard so‘mni tashkil etadi. Majmuada 85 nafar kishining doimiy bandligi ta’minlandi. Rekonstruksiya natijasida stadion sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.
Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun 196 o‘rinli yotoqxona, 84 o‘rinli oshxona, trenajor zallari va taktik tahlil xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, yengil atletika, boks va taekvondo bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 100-150 nafar sportchining shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilgan.
Stadionda ommaviy axborot vositalari uchun maxsus platformalar, ofsayd kameralarini o‘rnatish nuqtalari hamda markazlashgan VAR tizimi uchun alohida zona tashkil etildi. Mazkur infratuzilma musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish va yoritishga xizmat qiladi.
Prezident shu yerda mashg‘ulot o‘tayotgan yosh sportchilar bilan samimiy suhbatlashdi va ular bilan esdalik uchun suratga tushdi.