Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrifi boshlandi
13:27 18.09.2026 (yangilandi: 17:47 18.09.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari birinchi navbatda ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida ishlagan Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Mirziyoyev safarni boshlashdan avval atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilindi.

1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Joriy yil fevral oyida vafot etgan Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida ishlab, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish, aholi turmushini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy agrar tajribani ko‘zdan kechirdi.
Bog‘ning umumiy maydoni 330 gektarni tashkil etadi. Eng muhimi, mahalliy aholi uchun 100 ta muqim ish o‘rni yaratildi. Ilgari doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan qishloq aholisi endi o‘z hududida ishlab, oilasiga baraka kiritmoqda.
Kegeylidagi mazkur muvaffaqiyatli tajriba butun Qoraqalpog‘iston bo‘ylab kengaytiriladi. Intensiv bog‘lar maydonini 10 ming gektarga yetkazib, 40 mingta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s intensivnim sadom predpriyatiya "ADM Agro" v Karakalpakstane.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tashrif davomida davlat rahbari “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Loyihaning umumiy qiymati 7,8 million dollarni tashkil etadi. 21 gektar maydonni egallagan korxona ishga tushishi bilan 70 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yuqori bo‘lib, 200 ming tovuq boqish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda bu yerda 130 ming tovuq parvarish qilinmoqda. Korxona davlat budjetiga 4,8 milliard so‘m tushum keltirib, tuman iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shmoqda.
Majmuada yiliga 27,5 million dona inkubatsion tuxum yetishtiriladi. Ushbu tuxumlar tovuq va 1 kunlik jo‘ja holida sotuvga chiqariladi.

1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Joriy yil yakuniga qadar yana 8,5 gektar maydonda qiymati 5 million dollarlik yangi fabrikani ishga tushirish mo‘ljallangan. Loyiha amalga oshgach, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va ishlab chiqarish hajmi yanada ortadi.
Prezident bunday majmualar kelgusida yirik parrandachilik xoldinglariga aylanib, nafaqat yangi, balki yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi kerakligini qayd etdi, mutasaddilarga bu borada tegishli ko‘rsatmalar berdi.
