Qoraqalpog‘istonda yangi rivojlantirish dasturi: tumanlarda qanday loyihalar amalga oshiriladi
09:30 02.03.2026 (yangilandi: 10:02 02.03.2026)

© Getty Images / Gijs de Kort
Obuna bo‘lish
Hujjatga ko‘ra, hududda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, ishsizlikni qisqartirish va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar belgilab berildi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026–2030 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Prezident qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘istonni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar:
yalpi hududiy mahsulot – 8,1 foizga oshiriladi;
sanoat ishlab chiqarishi – 8 foizga o‘sadi;
ishsizlik darajasi – 4,2 foizgacha pasaytiriladi;
kambag‘allik darajasi – 3,2 foizgacha tushiriladi;
Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Chimboy tumanlari hamda 109 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantiriladi.
2030 yilga qadar:
YaHM – 102,4 trillion so‘mga yetkaziladi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi – 28,9 trillion so‘mga yetkaziladi;
sanoat va xizmatlar sohasida 7,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi;
eksport hajmi – 900 million dollarga yetkaziladi.
Chorvachilik va ozuqa bazasi
Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, chorvachilik va yaylovlar masalalari bo‘yicha yangi birinchi o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi;
Qo‘ng‘irot, Chimboy, Beruniy, Bo‘zatov va Qonliko‘l tumanlarida ozuqa yetishtirish va saqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Beruniy tumanida yillik 36 ming tonna quvvatli agromajmua ishga tushiriladi;
2026–2028 yillarda 10 ming gektar yer maydonida ozuqa yetishtiriladi.
Infratuzilma
Nukus–Taxiatosh o‘rtasida 2,2 km avtomobil yo‘li va 1 ta ko‘prik quriladi;
Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir yo‘lining 4 km qismida yangi yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi;
Amudaryo tumanida:
107 km ichimlik suv tarmog‘i quriladi;
110 km avtomobil yo‘li ta’mirlanadi;
1 ta nasos stansiyasi va oqova suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilinadi;
107 km ichimlik suv tarmog‘i quriladi;
110 km avtomobil yo‘li ta’mirlanadi;
1 ta nasos stansiyasi va oqova suv tozalash inshooti rekonstruksiya qilinadi;
Shumanay tumanida 31 km avtomobil yo‘li ta’mirlanadi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, soliq va moliyaviy imtiyozlar
1 apreldan “Qaratau” va “Bestobe” mahallalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ota-onalar to‘lovi 50 foizga kamaytiriladi.
Mazkur hududda maydoni 5 ming kv.m dan katta savdo komplekslari va mehmonxonalar uchun 2027–2039 yillarda yer va mol-mulk solig‘i 90 foizga kamaytirilgan stavkalarda qo‘llaniladi.
Bank balansidan sotilayotgan obyektlar 10-yilgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi, 6 oy ichida to‘liq to‘lansa — 25 foiz chegirma beriladi.
