https://oz.sputniknews.uz/20260917/usa-frs-stavka-60501274.html
AQSh FZT uch yildan ortiq vaqtda ilk bor stavkani oshirdi — bu dollarga qanday ta’sir qiladi
AQSh FZT uch yildan ortiq vaqtda ilk bor stavkani oshirdi — bu dollarga qanday ta’sir qiladi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Federal zaxira tizimi stavkani 3,75–4% gacha oshirdi. Yuqori stavka dollar aktivlariga talabni kuchaytirishi, rivojlanayotgan davlatlar valyutalariga bosim o‘tkazishi va tashqi qarzlarni qimmatlashtirishi mumkin.
2026-09-17T11:30+0500
2026-09-17T11:30+0500
2026-09-17T11:51+0500
dollar
aqsh dollari
valyuta
asosiy stavka
donald tramp
dunyoda
dunyo yangiliklari
iqtisod
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/11/60501099_0:156:3000:1844_1920x0_80_0_0_ea06866bcf374061703220a331c74482.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) sentabr yig‘ilishida bazaviy stavkani 25 bazis punktga — yillik 3,75–4 foiz diapazoniga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Bu 2023-yil iyulidan beri birinchi oshirish bo‘ldi.FZT qarorni inflyatsiya hali ham yuqori ekani bilan izohladi. "Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, 18 nafar regulyator vakilidan 16 nafari yil oxirigacha kamida yana bir marta 0,25 foiz punktga oshirishni kutmoqda. Donald Tramp qarorni tanqid qilib, AQShda stavka 1foiz yoki undan ham past bo‘lishi kerakligini aytdi va FZT rahbariyatini “siyosiy” harakat qilishda aybladi. Amaldagi FZT raisi Kevin Uorshni lavozimga Trampning o‘zi ilgari surgan. Tramp Uorshga ishonchini saqlab qolayotganini bildirdi.Jahon banki tahliliga ko‘ra, AQShda foiz stavkalarining oshishi dollar aktivlarini investorlar uchun jozibadorroq qilishi mumkin. Bu kapitalning AQSh bozoriga yo‘nalishi, dollar mustahkamlanishi va rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalariga bosim kuchayishiga olib kelishi mumkin.O‘zbekiston Markaziy banki ham iyul oyida qator mamlakatlarda pul-kredit siyosati qat’iylashishi tashqi moliyaviy sharoitlar avval kutilganidan uzoqroq vaqt qattiq saqlanib qolishi ehtimolini oshirayotganini qayd etgan. Regulyator bu tashqi moliyalashuv shartlari bo‘yicha noaniqlikni saqlab qolayotganini bildirgan.O‘zbekiston Markaziy banki 16-sentabr kuni asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/asosiy-stavka-cbu-60478764.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/11/60501099_167:0:2834:2000_1920x0_80_0_0_667f7c14c7205c67d09b2d8b186d9e79.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dollar, aqsh dollari, valyuta, asosiy stavka, donald tramp, dunyoda, dunyo yangiliklari, iqtisod, aqsh
dollar, aqsh dollari, valyuta, asosiy stavka, donald tramp, dunyoda, dunyo yangiliklari, iqtisod, aqsh
AQSh FZT uch yildan ortiq vaqtda ilk bor stavkani oshirdi — bu dollarga qanday ta’sir qiladi
11:30 17.09.2026 (yangilandi: 11:51 17.09.2026) Bu qaror dollar aktivlarini jozibador qilib, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar valyutalariga bosimni oshirishi mumkin.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) sentabr yig‘ilishida bazaviy stavkani 25 bazis punktga — yillik 3,75–4 foiz diapazoniga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi. Bu 2023-yil iyulidan beri birinchi oshirish bo‘ldi.
FZT qarorni inflyatsiya hali ham yuqori ekani bilan izohladi. "Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, 18 nafar regulyator vakilidan 16 nafari yil oxirigacha kamida yana bir marta 0,25 foiz punktga oshirishni kutmoqda.
Qarordan keyin dollar mustahkamlandi, ikki yillik AQSh obligatsiyalari daromadliligi esa ikki yildan ortiq davrdagi eng yuqori darajaga chiqdi.
Donald Tramp qarorni tanqid qilib, AQShda stavka 1foiz yoki undan ham past bo‘lishi kerakligini aytdi va FZT rahbariyatini “siyosiy” harakat qilishda aybladi. Amaldagi FZT raisi Kevin Uorshni lavozimga Trampning o‘zi ilgari surgan. Tramp Uorshga ishonchini saqlab qolayotganini bildirdi.
Jahon banki tahliliga
ko‘ra, AQShda foiz stavkalarining oshishi dollar aktivlarini investorlar uchun jozibadorroq qilishi mumkin. Bu kapitalning AQSh bozoriga yo‘nalishi, dollar mustahkamlanishi va rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalariga bosim kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga, dollarda qarz oladigan davlatlar va kompaniyalar uchun tashqi mablag‘ jalb qilish qimmatlashadi.
O‘zbekiston Markaziy banki ham iyul oyida qator mamlakatlarda pul-kredit siyosati qat’iylashishi tashqi moliyaviy sharoitlar avval kutilganidan uzoqroq vaqt qattiq saqlanib qolishi ehtimolini oshirayotganini
qayd etgan. Regulyator bu tashqi moliyalashuv shartlari bo‘yicha noaniqlikni saqlab qolayotganini bildirgan.
O‘zbekiston Markaziy banki 16-sentabr kuni asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqladi.