Darslar qiziqarli va yoshlarbop tilda tushuntirildi: talabalar SputnikPro haqida

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yosh jurnalistlar ayniqsa virtual studiyada ishlash, sun’iy intellekt yordamida media kontent yaratish bo‘yicha mashg‘ulotlarni juda qiziqarli bo‘lganini ta’kidlashdi.
Moskvada “Zubovskiyda SputnikPro” ("SputnikPro na Zubovskom") loyihasining 14-moduli yakunlandi. Bu yil davomidagi ikkinchi dastur bo‘ldi va unda Abxaziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan jurnalistlar, blogerlar va SMM va PR mutaxassislari qatnashdi.
Besh kun davomida – 17-avgustdan 21-avgustgacha – agentlikning yetakchi xodimlari ma’ruza qilishdi va zamonaviy media sanoatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslarini o‘tishdi. Ular, jumladan, zamonaviy radioning ichki tomoni, yangiliklarni yozish jarayoni hamda harbiy muxbir ishlariga bag‘ishlandi.
Kursdagi asosiy mavzulardan biri sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘ldi, ishtirokchilar bu mavzuga bag‘ishlangan ma’ruzalar haqiqatan ham qiziqarli bo‘lganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining to‘rtinchi kurs talabasi Sevara Orolova Moskvada SputnikPRO ta’lim dasturida ishtirok etdi.
"Menda oldin Rossiya va ushbu loyiha haqida stereotiplar va qo‘rquvlar bor edi. Yaxshiyamki, ular tasdiqlanmadi. Bu yerda hamma narsa juda qulay, hamma narsa ajoyib, ular biz uchun hamma narsani tayyorlab qo‘yishdi", deb ta’kidladi Sevara.
Barcha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar juda qiziq va foydali bo‘lganini, ayniqsa virtual studiyada ishlash, sun’iy intellekt yordamida media kontent yaratish bo‘yicha mashg‘ulotlarni juda qiziqarli bo‘lganini ta’kidladi.

Mashg‘ulotlar yakunida Moskvaning tarixiy joylari bo‘yicha ekskursiya tashkil qilindi.
SputnikPRO

SputnikPRO - Sputnik axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan media sohasidagi xalqaro ma’rifiy loyiha. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurs talabalari uchun Rossiya va xorijdagi eng yaxshi media-menejerlar, ekspertlar hamda agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslarining noyob tizimidir.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0