https://oz.sputniknews.uz/20260916/uzbekistan-south-korea-muhim-mineral-60486342.html
O‘zbekiston va Koreya muhim minerallarda 4 mlrd dollarlik 120 ta loyihani rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va Koreya muhim minerallarda 4 mlrd dollarlik 120 ta loyihani rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Koreya muhim minerallar, yarimo‘tkazgichlar va biofarmatsevtika sohalarida hamkorlikni kengaytiradi. Nurafshonda yarimo‘tkazgichlar bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etilmoqda.
2026-09-16T16:08+0500
2026-09-16T16:08+0500
2026-09-16T16:08+0500
iqtisod
qazilma boyliklari
janubiy koreya
bojxona
bitim
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/10/60485839_0:152:1900:1221_1920x0_80_0_0_3924995801b93c4bef1f9732f6c2726f.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Koreya bilan birga muhim minerallar sohasida 4 mlrd dollardan ortiq 120 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning mineral-xomashyo bazasi kamida 3 trln dollarga baholanadi.Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi negizida yarimo‘tkazgichlar, sanoat mikroelektronikasi va yangi materiallarni loyihalash hamda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etilmoqda. Shuningdek, tadqiqot, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtiruvchi biofarmatsevtika klasterini tashkil etish taklif qilindi.Koreya prezidenti Li Chje Mon esa hamkorlikni avtomobillar va xomashyo savdosidan iste’mol tovarlari, biotexnologiya va raqamli sohalarga kengaytirishni taklif qildi. Seul Markaziy Osiyoga savdo delegatsiyalarini yuborish, mintaqa mahsulotlarining Koreya bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlash va bojxona jarayonlarini raqamlashtirishni tezlashtirishini bildirdi.Biznes sammiti arafasida kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 19 ta memorandum imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/central-asia-south-korea-sammit-60480235.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/10/60485839_0:0:1688:1266_1920x0_80_0_0_7772a7a0164037b9ce228c46c5d8ace7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, qazilma boyliklari, janubiy koreya, bojxona, bitim, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
iqtisod, qazilma boyliklari, janubiy koreya, bojxona, bitim, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
O‘zbekiston va Koreya muhim minerallarda 4 mlrd dollarlik 120 ta loyihani rejalashtirmoqda
Tomonlar xomashoni qazib olishdan tortib, uni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan kooperatsiyani kengaytirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Koreya bilan birga muhim minerallar sohasida 4 mlrd dollardan ortiq 120 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida
ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning mineral-xomashyo bazasi kamida 3 trln dollarga baholanadi.
Mintaqaning resurs salohiyatini Koreyaning moliyaviy va texnologik imkoniyatlari bilan birlashtirib, xomashoni qazib olishdan tayyor yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan zanjirni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi negizida yarimo‘tkazgichlar, sanoat mikroelektronikasi va yangi materiallarni loyihalash hamda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil etilmoqda. Shuningdek, tadqiqot, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtiruvchi biofarmatsevtika klasterini tashkil etish taklif qilindi.
Koreya prezidenti Li Chje Mon esa hamkorlikni avtomobillar va xomashyo savdosidan iste’mol tovarlari, biotexnologiya va raqamli sohalarga kengaytirishni taklif qildi.
Seul Markaziy Osiyoga savdo delegatsiyalarini yuborish, mintaqa mahsulotlarining Koreya bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlash va bojxona jarayonlarini raqamlashtirishni tezlashtirishini bildirdi.
Koreya tomoni, shuningdek, muhim minerallarda geologiya-qidiruvdan tortib qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq sikl bo‘yicha kooperatsiyani rivojlantirishni taklif qildi.
Biznes sammiti arafasida kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 19 ta memorandum imzolandi.