https://oz.sputniknews.uz/20260916/central-asia-south-korea-sammit-60480235.html
Markaziy Osiyo – Koreya sammiti: Seul deklaratsiyasi qabul qilindi
Markaziy Osiyo – Koreya sammiti: Seul deklaratsiyasi qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Seulda birinchi "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" sammiti o‘tmoqda. Sanoat, muhim minerallar, sun’iy intellekt, infratuzilma va texnologik hamkorlik asosiy yo‘nalishlardan bo‘ldi.
2026-09-16T13:26+0500
2026-09-16T13:26+0500
2026-09-16T13:42+0500
janubiy koreya
sammit
markaziy osiyo
shavkat mirziyoyev
hamkorlik
siyosat
seul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/10/60478932_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_aec21dd445c663b0ae7b206eb2b4ed9e.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda bo‘lib o‘tgan birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Sammit yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga oid qator boshqa hujjatlar qabul qilindi. Uchrashuvda xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, sanoat, muhim minerallar, iqlim, texnologiyalar hamda gumanitar aloqalar muhokama qilindi.Prezident sanoat va savdo vazirlarining muntazam uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatladi. Bu mexanizm orqali Markaziy Osiyo davlatlarining Koreya bilan savdo hajmini 2030-yilga borib 20 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan.Shuningdek, O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologik parkini tashkil etishga tayyorlik bildirildi. Kelgusi yili Samarqandda Markaziy Osiyo va Koreyaning uchinchi hududlararo forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260914/uzbekistan-south-korea-hujjat-imzolanish-60439119.html
seul
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/10/60478932_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_ae922504783d4b7342af97bfdc7ccd66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy koreya, sammit, markaziy osiyo, shavkat mirziyoyev, hamkorlik, siyosat, seul
janubiy koreya, sammit, markaziy osiyo, shavkat mirziyoyev, hamkorlik, siyosat, seul
Markaziy Osiyo – Koreya sammiti: Seul deklaratsiyasi qabul qilindi
13:26 16.09.2026 (yangilandi: 13:42 16.09.2026) Sammit yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasi va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga oid qator hujjatlar qabul qilindi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda bo‘lib o‘tgan birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Sammit yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga oid qator boshqa hujjatlar qabul qilindi. Uchrashuvda xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, sanoat, muhim minerallar, iqlim, texnologiyalar hamda gumanitar aloqalar muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha beshta asosiy yo‘nalishni taklif qildi. Ular orasida uzoq muddatli hamkorlik dasturini ishlab chiqish, savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, muhim minerallarni qayta ishlash, iqlim sohasida hamkorlik hamda yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash bor.
Prezident sanoat va savdo vazirlarining muntazam uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatladi. Bu mexanizm orqali Markaziy Osiyo davlatlarining Koreya bilan savdo hajmini 2030-yilga borib 20 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologik parkini tashkil etishga tayyorlik bildirildi. Kelgusi yili Samarqandda Markaziy Osiyo va Koreyaning uchinchi hududlararo forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.