https://oz.sputniknews.uz/20260916/hamshira-tayyorlash-oliy-talim-60482106.html
O‘zbekistonda ikki yillik hamshira tayyorlashdan voz kechiladi — oliy ta’limga urg‘u beriladi
O‘zbekistonda ikki yillik hamshira tayyorlashdan voz kechiladi — oliy ta’limga urg‘u beriladi
Sputnik O‘zbekiston
2027 yildan oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga har oylik ustama to‘lanadi, yangi bakalavriat va magistratura dasturlari ochiladi, ikki yillik tayyorlovga qabul bekor qilinadi.
2026-09-16T14:57+0500
2026-09-16T14:57+0500
2026-09-16T15:07+0500
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
hamshira
tibbiyot muassasi
o‘zbekiston
shifokor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/643/05/6430576_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_7757da60408f4d8ae2c259d33d745d1c.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash tizimi o‘zgaradi, oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alari uchun qo‘shimcha moddiy rag‘bat joriy etiladi. Bu prezident imzolagan yangi farmonda belgilangan.Farmoniga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) bir baravari, magistratura bitiruvchilariga esa ikki baravari miqdorida ustama to‘lanadi.Hozirgi MHTEKM — 1,36 mln so‘m. Uning miqdori o‘zgarmasa, bu bakalavrlar uchun oyiga 1,36 mln so‘m, magistrlar uchun esa 2,72 mln so‘m qo‘shimcha to‘lov degani.Bitiruvchi xotin-qizlarga “hamshira”, erkaklarga “tibbiyot og‘asi” kvalifikatsiyasi beriladi.Oliy tibbiy hamrohlik ishi bo‘yicha davlat buyurtmasi 2030/2031 o‘quv yiligacha har yili kamida 20 foizga oshiriladi. Shuningdek, yo‘nalish bo‘yicha magistratura va xorijiy oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi.Ayni vaqtda, 2027/2028 o‘quv yilidan o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik dasturlariga yangi qabul to‘xtatiladi. Shu tariqa, tizimda o‘rta tibbiyot xodimlarini bosqichma-bosqich yuqori malakali va oliy ma’lumotli kadrlar sifatida tayyorlashga urg‘u beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/tibbiyot-talim-yangilanish-60473776.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/643/05/6430576_179:0:1079:675_1920x0_80_0_0_7648621fbe7b4c0b14113fb5931c96b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, hamshira, tibbiyot muassasi, o‘zbekiston, shifokor
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, hamshira, tibbiyot muassasi, o‘zbekiston, shifokor
O‘zbekistonda ikki yillik hamshira tayyorlashdan voz kechiladi — oliy ta’limga urg‘u beriladi
14:57 16.09.2026 (yangilandi: 15:07 16.09.2026) 2027/2028 o‘quv yilidan o‘rta tibbiyot xodimlarini ikki yillik dasturlar asosida tayyorlashga qabul bekor qilinadi, oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alarini tayyorlash esa kengaytiriladi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash tizimi o‘zgaradi, oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alari uchun qo‘shimcha moddiy rag‘bat joriy etiladi. Bu prezident imzolagan yangi farmonda
belgilangan.
Farmoniga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (MHTEKM) bir baravari, magistratura bitiruvchilariga esa ikki baravari miqdorida ustama to‘lanadi.
Hozirgi MHTEKM — 1,36 mln so‘m. Uning miqdori o‘zgarmasa, bu bakalavrlar uchun oyiga 1,36 mln so‘m, magistrlar uchun esa 2,72 mln so‘m qo‘shimcha to‘lov degani.
2027/2028 o‘quv yilidan “Hamshiralik ishi” negizida “Tibbiy hamrohlik ishi”, “Oliy hamshiralik ishi” negizida esa “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishlari joriy qilinadi.
Bitiruvchi xotin-qizlarga “hamshira”, erkaklarga “tibbiyot og‘asi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Oliy tibbiy hamrohlik ishi bo‘yicha davlat buyurtmasi 2030/2031 o‘quv yiligacha har yili kamida 20 foizga oshiriladi. Shuningdek, yo‘nalish bo‘yicha magistratura va xorijiy oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi.
Ayni vaqtda, 2027/2028 o‘quv yilidan o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik dasturlariga yangi qabul to‘xtatiladi. Shu tariqa, tizimda o‘rta tibbiyot xodimlarini bosqichma-bosqich yuqori malakali va oliy ma’lumotli kadrlar sifatida tayyorlashga urg‘u beriladi.