"Umra +" va islomiy meros: Malayziyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ikki baravar oshdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMavzoley Imama Buxari v Samarkande
Mavzoley Imama Buxari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
Obuna bo‘lish
“Umra +” dasturi Malayziya ziyoratchilari uchun Makka va Madina safarini Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi bilan bog‘lamoqda.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Joriy yilning yanvar–avgust oylarida Malayziyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 10,5 ming nafarga yetdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 5,3 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib, Malayziyaning "Bernama" milliy axborot agentligi xabar berdi.
Elchixonaga ko‘ra, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva qadimdan islom madaniyati va ilm-fanining yirik markazlari bo‘lgan. Bu meros dunyoning turli davlatlaridan, jumladan, Malayziyadan musulmon sayyohlarni jalb etmoqda.
Sayyohlar oqimining o‘sishiga ikki davlat fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim va aviaqatnovlar sonining ko‘payishi ham xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda musulmon sayyohlar uchun infratuzilma ham kengaytirilmoqda. Yangi namozxonalar, halol mehmonxona va restoranlar tashkil etilmoqda.
Mart oyida yangilangan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi ochildi. U bir kunda 65 ming nafargacha ziyoratchini qabul qilish imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston va Malayziya 2025-yilda ziyorat turizmini rivojlantirish va o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishib olgan edi. Shuningdek, “Umrah Plus” dasturi doirasida Malayziyadan Makka va Madinaga yo‘l olgan ziyoratchilarning O‘zbekistonga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda O‘zbekistondan Malayziyaga sayohatlar ham ko‘paygan. 2026-yilning birinchi yarmida 16 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Malayziyaga borgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 62 foiz ko‘p.
Kuala-Lumpur, Malayziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2026
O‘zbekistonga 100 ming ziyoratchi: Malayziya bilan “Umra +” turizm dasturiga start berildi
Yangiliklar lentasi
0