https://oz.sputniknews.uz/20260915/uzbekistan-aes-yoqilgi-shartnoma-60450240.html
O‘zbekiston yil oxirigacha AES uchun yoqilg‘i yetkazib berish shartnomasini tuzmoqchi
O‘zbekiston yil oxirigacha AES uchun yoqilg‘i yetkazib berish shartnomasini tuzmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Azim Axmedxadjayev Venadagi XAEA Bosh konferensiyasida O‘zbekiston yil oxirigacha AES bo‘yicha zarur tartiblarni yakunlab, yoqilg‘i yetkazib berish va jismoniy himoya shartnomalarini tuzishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
2026-09-15T10:47+0500
2026-09-15T10:47+0500
2026-09-15T10:51+0500
aes
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
o‘zatom
xaea
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0f/60449473_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_690c4708df4595f492bd8bf87d62a824.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston yil oxirigacha AES uchun yoqilg‘i yetkazib berish va jismoniy himoya bo‘yicha shartnomalar tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev Venada Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) Bosh konferensiyasining 70-sessiyasida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, yil yakunigacha AES loyihasi bo‘yicha barcha zarur tartib-taomillarni yakunlash, kompleks qurilishni ilgari surish, kadrlar tayyorlash va mahalliylashtirishni kuchaytirish ham rejalashtirilgan.Jizzax viloyatida "Rosatom" ko‘magida barpo etilayotgan integratsiyalashgan AES ikkita VVER-1000 katta quvvatli energobloki hamda har biri 55 MVt quvvatga ega ikkita RITM-200N kichik modulli reaktorini bir maydonchada birlashtiradi. Loyiha 4-iyunda faol qurilish bosqichiga o‘tdi.Sentabr boshida prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 9,5 mlrd dollarni tashkil etadi. AES qurilishida mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 30 foizga yetkazish, qurilish-montaj ishlarining 65 foizini milliy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keltirish vazifasi qo‘yilgan.Axmedxadjayev XAEA bilan hamkorlik energetika bilan cheklanmasligini ham ta’kidladi. 2030-yilgacha O‘zbekistonda 15 ta hududiy onkologiya markazini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Mamlakat "Atoms4Food" va ZODIAC dasturlarida ham hamkorlik qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260830/aes-qurilish-tenderlar-60086039.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0f/60449473_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_55839d77cefeaef74f43908e9664a13e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, o‘zatom, xaea, jamiyat
aes, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, o‘zatom, xaea, jamiyat
O‘zbekiston yil oxirigacha AES uchun yoqilg‘i yetkazib berish shartnomasini tuzmoqchi
10:47 15.09.2026 (yangilandi: 10:51 15.09.2026) Yil yakunigacha AES loyihasi bo‘yicha barcha zarur tartib-taomillarni yakunlash ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston yil oxirigacha AES uchun yoqilg‘i yetkazib berish va jismoniy himoya bo‘yicha shartnomalar tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "O‘zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev Venada Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) Bosh konferensiyasining 70-sessiyasida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil yakunigacha AES loyihasi bo‘yicha barcha zarur tartib-taomillarni yakunlash, kompleks qurilishni ilgari surish, kadrlar tayyorlash va mahalliylashtirishni kuchaytirish ham rejalashtirilgan.
Jizzax viloyatida "Rosatom" ko‘magida barpo etilayotgan integratsiyalashgan AES ikkita VVER-1000 katta quvvatli energobloki hamda har biri 55 MVt quvvatga ega ikkita RITM-200N kichik modulli reaktorini bir maydonchada birlashtiradi. Loyiha 4-iyunda faol qurilish bosqichiga o‘tdi.
2025 yil sentabrda tomonlar kelajakda yadro yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning asosiy shartlarini kelishib olgan edi. Endi gap yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha to‘liq shartnomalarni tuzish haqida bormoqda.
Sentabr boshida prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 9,5 mlrd dollarni tashkil etadi. AES qurilishida mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 30 foizga yetkazish, qurilish-montaj ishlarining 65 foizini milliy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keltirish vazifasi qo‘yilgan.
Axmedxadjayev XAEA bilan hamkorlik energetika bilan cheklanmasligini ham ta’kidladi. 2030-yilgacha O‘zbekistonda 15 ta hududiy onkologiya markazini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Mamlakat "Atoms4Food" va ZODIAC dasturlarida ham hamkorlik qilmoqda.