https://oz.sputniknews.uz/20260914/trump-kyiv-chaqiriq-60430623.html
Dizel narxi osmonga chiqdi: Tramp Kiyevdan Rossiya zavodlariga zarba bermaslikni talab qildi
Dizel narxi osmonga chiqdi: Tramp Kiyevdan Rossiya zavodlariga zarba bermaslikni talab qildi
Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp Zelenskiyni Rossiyadagi dizel ishlab chiqarish obyektlariga zarbalarni to‘xtatishga chaqirdi. AQShda dizel narxi tarixda birinchi marta bir gallon uchun 6 dollardan oshdi.
2026-09-14T12:10+0500
2026-09-14T12:10+0500
2026-09-14T12:28+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
donald tramp
neft
narx-navo
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51183289_0:137:2535:1563_1920x0_80_0_0_edf834f5195a0e52086a7c013994f2d6.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni Rossiyadagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish bilan bog‘liq obyektlarga zarbalarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Tramp dizel tanqisligi butun dunyoga ta’sir qilayotganini aytdi.AQSh rahbarining fikricha, hozirgi global dizel tanqisligi Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan emas, Rossiya va Ukraina o‘rtasida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq.Iyul oyi oxirida AQSh Energetika vazirligi rahbari Kris Rayt Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalari jahonda dizel yoqilg‘isi yetkazib berish hajmiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, yuzaga kelgan uzilishlar allaqachon global bozordagi narxlarda o‘z aksini topmoqda.Ayni paytda AQShda dizel yoqilg‘isining o‘rtacha narxi tarixda birinchi marta bir gallon uchun 6 dollardan oshdi. Bir AQSh galloni 3,785 litrga teng, ya’ni bu bir litr uchun taxminan 1,59 dollar degani.Dizel narxi fevral oxiridan beri qariyb 60 foizga oshgan. AQShdagi dizel zaxiralari esa besh yillik o‘rtacha darajadan 13 foiz past.Hozir jahon neft bozorida ham narxlar yuqori darajada qolmoqda. Brent nefti bir barrel uchun 100 dollardan yuqori savdolanmoqda, bu esa neftni qayta ishlash va tayyor yoqilg‘i bozoridagi vaziyatga qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260727/kazakhstan-tanker-hujum-ukraine-59294587.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51183289_136:0:2400:1698_1920x0_80_0_0_5dd0c9acb2e50d7f25b379b081e35546.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donald tramp, neft, narx-navo, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
donald tramp, neft, narx-navo, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
Dizel narxi osmonga chiqdi: Tramp Kiyevdan Rossiya zavodlariga zarba bermaslikni talab qildi
12:10 14.09.2026 (yangilandi: 12:28 14.09.2026) AQShda dizel narxi tarixda birinchi marta bir gallon uchun 6 dollardan oshdi — bu bir litr uchun taxminan 1,59 dollar degani.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni Rossiyadagi dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish bilan bog‘liq obyektlarga zarbalarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Tramp dizel tanqisligi butun dunyoga ta’sir qilayotganini aytdi.
“Zelenskiy bir narsani qilishi kerak: Rossiyada dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish bilan bog‘liq obyektlarga zarba berishni to‘xtatishi kerak. Biz bu haqda Zelenskiy bilan gaplashdik. Boshqa nishonlar yetarli. Dizelga zarba bermang. Bu butun dunyoga zarar yetkazapti”, — dedi Tramp Irlandiyaga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga.
AQSh rahbarining fikricha, hozirgi global dizel tanqisligi Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan emas, Rossiya va Ukraina o‘rtasida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq.
“Bu Yaqin Sharq tufayli emas, bu Rossiya va Ukraina o‘rtasida sodir bo‘layotgan voqealar sababli”, — dedi u.
Iyul oyi oxirida AQSh Energetika vazirligi rahbari Kris Rayt Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalari jahonda dizel yoqilg‘isi yetkazib berish hajmiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, yuzaga kelgan uzilishlar allaqachon global bozordagi narxlarda o‘z aksini topmoqda.
Ayni paytda AQShda dizel yoqilg‘isining o‘rtacha narxi tarixda birinchi marta bir gallon uchun 6 dollardan oshdi. Bir AQSh galloni 3,785 litrga teng, ya’ni bu bir litr uchun taxminan 1,59 dollar degani.
Dizel narxi fevral oxiridan beri qariyb 60 foizga oshgan. AQShdagi dizel zaxiralari esa besh yillik o‘rtacha darajadan 13 foiz past.
Hozir jahon neft bozorida ham narxlar yuqori darajada qolmoqda. Brent nefti bir barrel uchun 100 dollardan yuqori savdolanmoqda, bu esa neftni qayta ishlash va tayyor yoqilg‘i bozoridagi vaziyatga qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqda.