https://oz.sputniknews.uz/20260727/kazakhstan-tanker-hujum-ukraine-59294587.html
Qozog‘iston neftini tashuvchi tankerlarga hujum: AQSh Ukrainaga ogohlantirish berdi
Qozog‘iston neftini tashuvchi tankerlarga hujum: AQSh Ukrainaga ogohlantirish berdi
Sputnik O‘zbekiston
WSJ ma’lumotiga ko‘ra, Chevron rahbari AQSh rasmiylari bilan muzokara o‘tkazganidan so‘ng Vashington Ukrainadan Qora dengizda Rossiyaga tegishli bo‘lmagan kemalarga zarba bermaslikni talab qildi.
2026-07-27T09:58+0500
2026-07-27T09:58+0500
2026-07-27T10:04+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
neft
energetika
qora dengiz
aqsh
qozog‘iston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1b/59291708_0:134:3163:1913_1920x0_80_0_0_3b13ffb2a2d9d4551a3346b777e8a66d.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga Qora dengizda Rossiyaga tegishli bo‘lmagan kemalarga hujum qilish mumkin emasligi haqida ogohlantirish berdi. Bu haqda "The Wall Street Journal" AQSh rasmiysiga tayanib xabar qildi.Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bundan oldin "Chevron" kompaniyasi bosh direktori Mayk Virt AQSh ma’muriyati vakillari bilan Ukraina mojarosi sharoitida kompaniyaning Qozog‘istondagi aktivlarini himoya qilish masalasini muhokama qilgan.Bunga Qora dengizning Novorossiysk porti yaqinida to‘rtta tankerga qilingan hujumlar sabab bo‘lgan. KTK aksiyalarining 15 foizi "Chevron" kompaniyasiga tegishli. AQSh kompaniyasi, shuningdek, Qozog‘istondagi Tengiz konida 50 foizlik ulushga ega. KTK orqali jahondagi kunlik neft yetkazib berish hajmining qariyb 2 foizi tashiladi.Avvalroq Qozog‘iston TIV 17 va 19-iyulda Qora dengizda KTK orqali neft tashishda ishtirok etgan fuqarolik kemalariga uchuvchisiz apparatlar bilan qilingan hujumlarni keskin qoralagan edi.Vazirlik buni Qozog‘istonning iqtisodiy manfaatlariga tajovuz, xalqaro savdo va jahon energetika bozorlarini beqarorlashtirishga qaratilgan harakat deb baholadi.Ostona hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Qozog‘iston yetkazilgan zararni baholamoqda va uning natijasiga ko‘ra tovon talab qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi.20 iyul kuni NELSA tankeriga dron hujum qilganidan so‘ng KTK terminalida neft yuklash ishlari yana to‘xtatildi.Rossiya hujumlarda Ukrainani aybladi. Kiyev esa KTK terminalidagi tankerlarga qilingan ushbu hujumlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260225/usa-ukraine-hujum-55934719.html
ukraina
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1b/59291708_217:0:2946:2047_1920x0_80_0_0_6910982d011e69ac0d6b61f54bae523b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, neft, energetika, qora dengiz, aqsh, qozog‘iston, rossiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, neft, energetika, qora dengiz, aqsh, qozog‘iston, rossiya
Qozog‘iston neftini tashuvchi tankerlarga hujum: AQSh Ukrainaga ogohlantirish berdi
09:58 27.07.2026 (yangilandi: 10:04 27.07.2026) AQSh ma’muriyati Qora dengizdagi KTK terminali yaqinida tankerlarga hujumlardan so‘ng Ukrainadan Rossiyaga tegishli bo‘lmagan kemalarga zarba bermaslikni talab qildi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga Qora dengizda Rossiyaga tegishli bo‘lmagan kemalarga hujum qilish mumkin emasligi haqida ogohlantirish berdi. Bu haqda "The Wall Street Journal" AQSh rasmiysiga tayanib
xabar qildi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bundan oldin "Chevron" kompaniyasi bosh direktori Mayk Virt AQSh ma’muriyati vakillari bilan Ukraina mojarosi sharoitida kompaniyaning Qozog‘istondagi aktivlarini himoya qilish masalasini muhokama qilgan.
Bunga Qora dengizning Novorossiysk porti yaqinida to‘rtta tankerga qilingan hujumlar sabab bo‘lgan.
Ulardan biri "Chevron" tomonidan ijaraga olingan edi. Novorossiyskda Qozog‘iston neftini jahon bozoriga olib chiquvchi Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK)ning dengiz terminali joylashgan.
KTK aksiyalarining 15 foizi "Chevron" kompaniyasiga tegishli. AQSh kompaniyasi, shuningdek, Qozog‘istondagi Tengiz konida 50 foizlik ulushga ega. KTK orqali jahondagi kunlik neft yetkazib berish hajmining qariyb 2 foizi tashiladi.
Avvalroq Qozog‘iston TIV 17 va 19-iyulda Qora dengizda KTK orqali neft tashishda ishtirok etgan fuqarolik kemalariga uchuvchisiz apparatlar bilan qilingan hujumlarni keskin qoralagan edi.
Vazirlik buni Qozog‘istonning iqtisodiy manfaatlariga tajovuz, xalqaro savdo va jahon energetika bozorlarini beqarorlashtirishga qaratilgan harakat deb baholadi.
Ostona hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Qozog‘iston yetkazilgan zararni baholamoqda va uning natijasiga ko‘ra tovon talab qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi.
20 iyul kuni NELSA tankeriga dron hujum qilganidan so‘ng KTK terminalida neft yuklash ishlari yana to‘xtatildi.
Kemada yong‘in kelib chiqqan, ammo u o‘chirilgan va neft dengizga to‘kilmagan. KTK aksiyadorlari orasida AQShning "Chevron" va "ExxonMobil" kompaniyalari ham bor.
Rossiya hujumlarda Ukrainani aybladi. Kiyev esa KTK terminalidagi tankerlarga qilingan ushbu hujumlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.