Sindarov jahon chempionligi uchun bahsda 1,3 mln dollardan ziyod ishlab olishi mumkin

© Lennart OotesJavoxir Sindarov sigrayet protiv Gukesha v Jeneve za shaxmatnuyu koronu
Javoxir Sindarov sigrayet protiv Gukesha v Jeneve za shaxmatnuyu koronu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Obuna bo‘lish
Jahon chempionligi uchun bahs 24-noyabrda Jenevada boshlanadi. G‘olib 7,5 ochko to‘plashi kerak, match 14 partiyagacha davom etadi.
TOShKENT, 14-sentabr — Sputnik. Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi bahsi sovrin jamg‘armasi 2,5 mln dollarni tashkil etadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lum qildi.
FIDE o‘yin taqvimi, formati va sovrin pullarini taqsimlash tartibini tasdiqladi. Bahs Shveysariyaning Jeneva shahrida 22-noyabrdan 12-dekabrgacha o‘tkaziladi. Birinchi klassik partiya 24-noyabrda, so‘nggisi esa zarurat bo‘lsa 11-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Bahs ko‘pi bilan 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi jahon chempioni bo‘ladi. Agar 14 partiyadan keyin hisob 7:7 bo‘lsa, 12-dekabr kuni tay-breyk o‘tkaziladi.

Sovrin puli ham o‘ziga xos tartibda taqsimlanadi. Har bir shaxmatchi klassik partiyadagi har bir g‘alabasi uchun 200 ming dollardan oladi, qolgan mablag‘ esa ikki ishtirokchi o‘rtasida teng bo‘linadi.
Ayrim holatlarda sovrin to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlanadi: jahon chempioni 1,3 mln dollar, mag‘lub bo‘lgan shaxmatchi esa 1,2 mln dollar oladi. Xuddi shu tartib g‘olib tay-breykda aniqlangan taqdirda ham amal qiladi.
Sindarov 2026-yilgi Nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, O‘zbekiston tarixida mutlaq jahon chempionligi uchun o‘yinda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.
Sindarov sigral vnichyu s Giri i soxranil liderstvo v Turnire pretendentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
Yangiliklar lentasi
0