https://oz.sputniknews.uz/20260910/sindarov-shaxmat-ikkinchi-orin-60332703.html
Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik grossmeyster Global Chess League musobaqasida Vishvanatan Anandni ikki marta va Alireza Firuzjani mag‘lub etib, Live Rapid reytingida 2742,6 ochko bilan Magnus Karlsendan keyingi o‘ringa chiqdi.
2026-09-10T10:59+0500
2026-09-10T10:59+0500
2026-09-10T11:09+0500
javohir sindarov
nodirbek abdusattorov
shaxmat
sport
g‘alaba
musobaqa
hindiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/06/56734607_0:28:1280:748_1920x0_80_0_0_a68bd9390417f878602534d1c06854f3.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha Live Rapid jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Sindarov so‘nggi partiyalaridan keyin 10,6 reyting ochkosi qo‘shib, ko‘rsatkichini 2742,6 ga yetkazdi. U Yan Nepomnyashiy, Hikaru Nakamura va Alireza Firuzjani ortda qoldirdi. Birinchi o‘rinda 2806,5 ochko bilan Magnus Karlsen bormoqda.O‘zbekistonlik shaxmatchi musobaqada besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ikki marta mag‘lub etdi. Shuningdek, Alireza Firuzjani yengdi, Magnus Karlsen va Maksim Vashye-Lagrav bilan durang o‘ynadi. Yan Nepomnyashiyga qarshi partiyada esa vaqt bo‘yicha mag‘lub bo‘ldi.Sindarov klassik shaxmatda ham dunyo elitasidan joy olgan. FIDEning sentabr reytingida u 2778 ochko bilan dunyoda 4-o‘rinni egallab turibdi. Nodirbek Abdusattorov esa bir pog‘ona ko‘tarilib, 2762 ochko bilan 7-o‘ringa chiqdi. Shu tariqa, jahonning kuchli o‘nligida bir vaqtning o‘zida ikki nafar o‘zbekistonlik grossmeyster bor.Sindarovni yil oxirida yanada katta sinov kutmoqda. U 2026-yilgi Nomzodlar turnirida muddatidan bir tur oldin g‘alaba qozonib, amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan.Jahon chempionligi uchun match 25-noyabrdan 15-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260728/sindarov-gukesh-oyin-59333611.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/06/56734607_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5b9576c508309b08fc895234887a1014.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
javohir sindarov, nodirbek abdusattorov, shaxmat, sport, g‘alaba, musobaqa, hindiston
javohir sindarov, nodirbek abdusattorov, shaxmat, sport, g‘alaba, musobaqa, hindiston
Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
10:59 10.09.2026 (yangilandi: 11:09 10.09.2026) Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha jonli reytingda 2742,6 ochko bilan dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib, yangi natija qayd etdi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha Live Rapid jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Sindarov so‘nggi partiyalaridan keyin 10,6 reyting ochkosi qo‘shib, ko‘rsatkichini 2742,6 ga yetkazdi. U Yan Nepomnyashiy, Hikaru Nakamura va Alireza Firuzjani ortda qoldirdi. Birinchi o‘rinda 2806,5 ochko bilan Magnus Karlsen bormoqda.
Sindarovning ko‘tarilishi ayni paytda Hindistonning Bengaluru shahrida o‘tayotgan "Global Chess League" musobaqasidagi muvaffaqiyatli o‘yinlariga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi musobaqada besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ikki marta
mag‘lub etdi. Shuningdek, Alireza Firuzjani yengdi, Magnus Karlsen va Maksim Vashye-Lagrav bilan durang o‘ynadi. Yan Nepomnyashiyga qarshi partiyada esa vaqt bo‘yicha mag‘lub bo‘ldi.
Sindarov klassik shaxmatda ham dunyo elitasidan joy olgan. FIDEning sentabr reytingida u 2778 ochko bilan dunyoda 4-o‘rinni
egallab turibdi. Nodirbek Abdusattorov esa bir pog‘ona ko‘tarilib, 2762 ochko bilan 7-o‘ringa chiqdi. Shu tariqa, jahonning kuchli o‘nligida bir vaqtning o‘zida ikki nafar o‘zbekistonlik grossmeyster bor.
O‘zbekistonning jamoaviy ko‘rsatkichi ham o‘sdi. FIDEning sentabr reytingida mamlakat erkaklar terma jamoasi avgustdagi 8-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Sindarovni yil oxirida yanada katta sinov kutmoqda. U 2026-yilgi Nomzodlar turnirida muddatidan bir tur oldin g‘alaba qozonib, amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan.
Jahon chempionligi uchun match 25-noyabrdan 15-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi.