Buyuk Britaniya parchalanishi mumkin: uch qismi referendum huquqini talab qildi

© Sputnik / Alex McNaughtonVestminsterskiy most cherez reku Temza v Londone
Vestminsterskiy most cherez reku Temza v Londone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Obuna bo‘lish
Shotlandiya va Uels mustaqillikka erishsa, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni, Shimoliy Irlandiya esa Irlandiya bilan birlashishni ko‘zlamoqda.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadagi siyosiy kuchlar Londondan o‘z kelajagini referendum orqali belgilash huquqini talab qildi. Bu haqda Britaniyaning "The Guardian" nashri xabar berdi.
Tomonlar Kardiffda imzolagan hujjatda Vestminster bunday ovoz berishlarga to‘sqinlik qilmasligi, aksincha ehtimoliy konstitutsiyaviy o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi ta’kidlangan.
Rejalarga ko‘ra, Shotlandiya va Uels mustaqillikka erishgan taqdirda Yevropa Ittifoqiga yangi a’zo sifatida qo‘shilishni ko‘zlamoqda. Shimoliy Irlandiya esa referendum natijasida Irlandiya bilan birlashsa, shu orqali YeI tarkibiga qaytishi mumkin.
Gap Buyuk Britaniyaning hozirgi tuzilishini o‘zgartirish tarafdori bo‘lgan partiyalar haqida ketmoqda. Shotlandiya va Uelsda ular mustaqillikni, Shimoliy Irlandiyada esa Irlandiya Respublikasi bilan birlashishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Uchrashuv Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha yangi referendum ehtimoli yana muhokama qilinayotgan bir paytda o‘tdi. Shotlandiya birinchi vaziri Jon Suinni hatto Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Bornem “Birlashgan Qirollikning so‘nggi bosh vaziri sifatida tarixga kirishi mumkin”, degan edi.
Biroq London hozircha bunday ssenariy uchun asos ko‘rmayapti. "The Telegraph" ma’lumotiga ko‘ra, Bornem Suinniga yo‘llagan maktubida Shotlandiyada yangi mustaqillik referendumini o‘tkazish uchun yetarli konsensus yo‘qligini bildirgan.
Bosh vazir Shimoliy Irlandiya aholisining aksariyati ham hozir Buyuk Britaniya tarkibidan chiqishni xohlayapti, deb aytish uchun aniq asos yo‘qligini ta’kidlagan. Uning fikricha, yangi referendumlar iqtisodiy o‘sish va yashash qiymatini pasaytirish kabi masalalardan e’tiborni chalg‘itadi.
So‘nggi saylovlardan keyin esa Buyuk Britaniyada tarixiy vaziyat yuzaga keldi: birinchi marta Angliyadan tashqari uchala hududda ham amaldagi davlat tuzilishini o‘zgartirish tarafdori bo‘lgan siyosiy kuchlar hukumatga rahbarlik qilmoqda.
Boysi spesnaza FSB (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Rossiya FXX: Kiyev Britaniyaning Moskvadagi elchisiga qarshi terakt rejalashtirgandi
Yangiliklar lentasi
0