https://oz.sputniknews.uz/20260910/great-britain-elchi-terakt-bartaraf-60334027.html
Rossiya FXX: Kiyev Britaniyaning Moskvadagi elchisiga qarshi terakt rejalashtirgandi
Rossiya FXX: Kiyev Britaniyaning Moskvadagi elchisiga qarshi terakt rejalashtirgandi
Sputnik O‘zbekiston
FXXga ko‘ra, rossiyalik Britaniya elchixonasi xodimlari, ularning yashash manzillari, avtomashinalari, uchrashuv va safarlari haqida ma’lumot to‘plagan. Unga nisbatan davlatga xiyonat moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2026-09-10T11:35+0500
2026-09-10T11:35+0500
2026-09-10T11:37+0500
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
dunyo yangiliklari
ukraina
rossiya
buyuk britaniya
elchi
dunyoda
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/59006298_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_3dbd461af0666f2c7abbf0f172bcd1ee.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Moskvada Buyuk Britaniya elchixonasini qo‘riqlagan tashkilot xodimi bo‘lgan Ukraina xavfsizlik xizmati agentini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.Xabarga ko‘ra, qo‘lga olingan 1981-yilda tug‘ilgan rossiyalik ukrainalik bloger Dmitriy Karpenko — "Apostol Dmitriy" topshirig‘i bilan Buyuk Britaniya diplomatik missiyasi xodimlari haqida ma’lumot to‘plagan.Jumladan, diplomatlarning shaxsiy ma’lumotlari va fotosuratlari, yashash manzillari, foydalanadigan avtomobillari, uchrashuv va safarlari haqida ma’lumot to‘plangan. Shuningdek, elchixonaning xavfsizlik tizimi va u yerda o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ham ma’lumot yig‘ilgan.Rossiya FXXga ko‘ra, Kiyev ushbu ma’lumotlardan Britaniya diplomatlariga qarshi qo‘poruvchilik-terrorchilik harakatlarini tayyorlashda foydalanishni rejalashtirgan. Bundan maqsad Londonni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortish va Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ajratilishiga erishish bo‘lgan.Rossiya Jinoyat kodeksining 275-moddasiga ko‘ra, davlatga xiyonat uchun 12-yildan 20-yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260817/crimea-ukraine-agent-59751319.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0d/59006298_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1c86d66e7b0678d399a15fde18c99d4c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), dunyo yangiliklari, ukraina, rossiya, buyuk britaniya, elchi, dunyoda, moskva
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), dunyo yangiliklari, ukraina, rossiya, buyuk britaniya, elchi, dunyoda, moskva
Rossiya FXX: Kiyev Britaniyaning Moskvadagi elchisiga qarshi terakt rejalashtirgandi
11:35 10.09.2026 (yangilandi: 11:37 10.09.2026) Qo‘lga olingan shaxs Britaniya diplomatlariga qarshi terakt tayyorlash uchun elchixona va uning xodimlari haqida ma’lumot to‘plagan.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Moskvada Buyuk Britaniya elchixonasini qo‘riqlagan tashkilot xodimi bo‘lgan Ukraina xavfsizlik xizmati agentini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi
xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, qo‘lga olingan 1981-yilda tug‘ilgan rossiyalik ukrainalik bloger Dmitriy Karpenko — "Apostol Dmitriy" topshirig‘i bilan Buyuk Britaniya diplomatik missiyasi xodimlari haqida ma’lumot to‘plagan.
Jumladan, diplomatlarning shaxsiy ma’lumotlari va fotosuratlari, yashash manzillari, foydalanadigan avtomobillari, uchrashuv va safarlari haqida ma’lumot to‘plangan. Shuningdek, elchixonaning xavfsizlik tizimi va u yerda o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ham ma’lumot yig‘ilgan.
Rossiya FXXga ko‘ra, Kiyev ushbu ma’lumotlardan Britaniya diplomatlariga qarshi qo‘poruvchilik-terrorchilik harakatlarini tayyorlashda foydalanishni rejalashtirgan. Bundan maqsad Londonni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga tortish va Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ajratilishiga erishish bo‘lgan.
"FXX Buyuk Britaniya va Zelenskiy rejimining boshqa homiylari e’tiborini Kiyev hukumati o‘zini saqlab qolish uchun hatto strategik ittifoqchilariga qarshi qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga tayyor ekaniga qaratadi", — deyiladi xabarda.
Rossiya Jinoyat kodeksining 275-moddasiga ko‘ra, davlatga xiyonat uchun 12-yildan 20-yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.