O‘zbek davlat sirki yangilanadi — Rossiya, Xitoy va Fransiya kompaniyalari jalb etilishi mumkin

© Sputnik / Aktan TemirkanovVid na sirk v Tashkente
Vid na sirk v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2026
Obuna bo‘lish
Xorijiy konsultantlar sirkni zamonaviy madaniy, ko‘ngilochar va turistik maskanga aylantirish bo‘yicha biznes-reja ishlab chiqishi mumkin.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbek davlat sirkini rivojlantirish bo‘yicha kompleks texnik-iqtisodiy biznes-reja ishlab chiqishga Rossiya, Xitoy va Fransiyadan konsalting kompaniyalarini jalb etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Palata raisi Davron Vahabov Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birgalikda sirkning hozirgi holati, infratuzilmasi va uni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rgandi.
Rejalarga ko‘ra, sirkni zamonaviy madaniy va sayyohlik maskaniga aylantirish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish hamda obyektning turistik salohiyatidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, 2,5 ming o‘ringa mo‘ljallangan doimiy ko‘rgazma va madaniy-tomosha maydonini tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, sirk atrofidagi infratuzilmani yaxshilash va turistlar uchun jozibador muhit yaratish rejalashtirilgan.
Binoning o‘zida ham qator infratuzilma muammolarini bartaraf etish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, zamonaviy ventilyatsiya va isitish tizimlarini joriy etish, tomdan yomg‘ir suvi o‘tishining oldini olish bo‘yicha choralar belgilanadi.
Barcha ta’mirlash va o‘zgartirish ishlari madaniy merosni muhofaza qilish talablariga muvofiq, Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Loyiha natijasida sirkni nafaqat tomosha maskani, balki ko‘rgazmalar, tadbirkorlik, ko‘ngilochar xizmatlar va turizmni birlashtirgan yirik majmuaga aylantirish maqsad qilingan.
Sirk san’ati va maydon tomoshalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar 2-iyunda qabul qilingan PF-103-son farmon doirasida amalga oshirilmoqda.
Toshkent metropoliteni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2026
Sovet davri me’morchiligi: Chorsu, Sirk va yana 7 obyekt YuNESKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0