Sovet davri me’morchiligi: Chorsu, Sirk va yana 7 obyekt YuNESKO ro‘yxatiga kirishi mumkin

© Sputnik / Baxrom XatamovTashkentskiy metropoliten
Tashkentskiy metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2026
Obuna bo‘lish
YuNESKO qo‘mitasi 26-iyulda Toshkentdagi 1960-990 yillarga oid 9 ta me’moriy obyektni Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Toshkentdagi to‘qqizta modernistik me’moriy obyekt YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Bu masala 26-iyulda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tayotgan Butunjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning arizasi "Toshkent modernistik me’morchiligi: Markaziy Osiyoda zamonaviylik va an’ana" deb nomlangan. YuNESKOga taqdim etilgan qaror loyihasida nominatsiyani Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish tavsiya etilgan.
Ro‘yxatga quyidagi obyektlarni kiritish taklif etilmoqda:
"Jemchug" turar joy binosi;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi;
Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali;
"Kosmonavtlar" metro bekati;
"Xalqlar do‘stligi" saroyi;
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi;
O‘zbekiston davlat sirki;
Chorsu bozori;
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi.
Dastlabki nominatsiyaga jami o‘nta obyekt kiritilgan edi. Ammo qaror loyihasida Parkentdagi Katta quyosh pechini YuNESKO ro‘yxatiga kiritmaslik, qolgan to‘qqizta obyektni esa yagona me’moriy majmua sifatida e’tirof etish taklif qilingan.
Nega bu binolar alohida ahamiyatga ega?
YuNESKO hujjatlarida qayd etilishicha, mazkur obyektlar 1960-1990 yillarda Toshkent qiyofasining shakllanishini ko‘rsatadi. Ularda xalqaro modernistik me’morchilik tamoyillari O‘zbekistonning an’anaviy hovlilari, ayvonlari, geometrik naqshlari va monumental san’ati bilan uyg‘unlashgan.
1966 yilgi zilziladan keyin Toshkentning qayta qurilishi tezlashgan. Yangi binolarda zilzilabardosh konstruksiyalar, mahalliy iqlimga mos yechimlar, keng jamoat maydonlari va yashil hududlardan foydalanilgan.
YuNESKO ekspertlari bu obyektlarni sovet davri shaharsozligi, modernistik yangiliklar va o‘zbek milliy me’moriy an’analari birlashgan noyob namuna sifatida baholamoqda.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Jemchug" turar joy binosi

"Jemchug" turar joy binosi - Sputnik O‘zbekiston
1/8

"Jemchug" turar joy binosi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
2/8

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali

Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali - Sputnik O‘zbekiston
3/8

Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Xalqlar do‘stligi" saroyi

"Xalqlar do‘stligi" saroyi - Sputnik O‘zbekiston
4/8

"Xalqlar do‘stligi" saroyi

© Shutnik/Zafar Xalilov

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
5/8

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

© Sputnik / Stringer

O‘zbekiston davlat sirki

O‘zbekiston davlat sirki - Sputnik O‘zbekiston
6/8

O‘zbekiston davlat sirki

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Chorsu bozori

Chorsu bozori - Sputnik O‘zbekiston
7/8

Chorsu bozori

© 2gis.uz

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi - Sputnik O‘zbekiston
8/8

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi

1/8

"Jemchug" turar joy binosi

2/8

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

3/8

Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zali

4/8

"Xalqlar do‘stligi" saroyi

5/8

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

6/8

O‘zbekiston davlat sirki

7/8

Chorsu bozori

8/8

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi

Farg‘ona–Sirdaryo yo‘lagi bo‘yicha qanday qaror kutilmoqda?
26 iyulda yana bir yirik nominatsiya — "Ipak yo‘llari: Farg‘ona–Sirdaryo koridori" ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Uni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston birgalikda taqdim etgan.
Transmilliy nominatsiya to‘rt davlat hududidagi 48 ta tarixiy va arxeologik obyektni qamrab oladi.
O‘zbekiston qismiga Mingtepa, Quva, Axsikent, Sariqo‘rg‘on, Balandtepa, Munchoqtepa, Qanqa, Shohruhiya, Mingo‘rik, Chilonzor va Yunusobod Oqtepalari kabi yodgorliklar kiritilgan.
Biroq bu nominatsiyani hozircha ro‘yxatga kiritish emas, balki ko‘rib chiqishni keyinga qoldirish tavsiya qilinmoqda. To‘rt davlatdan koridorning umumjahon ahamiyatini aniqroq asoslash, obyektlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish, chegara hududlarini belgilash hamda yagona boshqaruv rejasini kuchaytirish so‘ralmoqda.
Tavakkal Qodirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Tavakkal Qodirovning 100-yilligi xalqaro miqyosda nishonlanadi - YuNESKO qarori
Yangiliklar lentasi
0