https://oz.sputniknews.uz/20260913/ukraine-harbiy-xarajatlar-60416065.html
Reuters: Ukrainada harbiy harakatlar xarajatlari kuniga 190 mln dollarga yetdi
Reuters: Ukrainada harbiy harakatlar xarajatlari kuniga 190 mln dollarga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada urushning kunlik qiymati 2024-yildagi 140 mln dollardan 190 mln dollargacha oshdi. Kiyev yil oxirigacha mudofaa xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘ izlamoqda va xarajatlarni qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda.
2026-09-13T15:56+0500
2026-09-13T15:56+0500
2026-09-13T15:56+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36214178_0:0:3074:1729_1920x0_80_0_0_0593a2e521adb26f83d2bbd727a7079d.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Ukraina joriy yilda mudofaa xarajatlarini ichki resurslar hisobidan to‘liq moliyalashtira olmayapti. Bu haqda parlament budjet qo‘mitasi rahbari Roksolana Pidlasa Kiyevdagi YES konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.Uning so‘zlariga ko‘ra, yilning dastlabki sakkiz oyida Ukraina mudofaaga, bepul harbiy yordamni hisobga olmaganda, qariyb 42 mlrd dollar sarflagan. Shu davrda ichki daromadlar va ichki qarzlar 39 mlrd dollar keltirgan.Urushning kunlik qiymati 2024-yildagi 140 mln dollardan joriy yilda taxminan 190 mln dollargacha oshgan. Bunga inflyatsiya, qo‘shinlar soni, ijtimoiy to‘lovlar va o‘q-dori sarfining ortishi sabab bo‘lgan.Sakkiz oyda budjetning ichki daromadlari rejadan 1,35 mlrd dollarga kam tushgan.Iqtisodiyot vaziri Aleksandr Kravchenko Rossiya zarbalari va Qora dengiz portlari orqali eksport imkoniyatlarining cheklanishini iqtisodiyotga bosim o‘tkazayotgan omillar qatorida keltirdi. Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar harbiy sanoat obyektlari hamda harbiy yuklar tashishda foydalaniladigan port va transport infratuzilmasiga qaratilganini bildirib keladi.Ukraina hukumati mudofaa taqchilligini qoplash uchun harbiy bo‘lmagan xarajatlarni qisqartirish yoki kechiktirishni ko‘rib chiqmoqda. Kiyev G‘arb hamkorlari bilan moliyaviy yordam bo‘yicha muzokara olib bormoqda, ammo hozircha tezkor yechim topilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260907/ukraine-ravedka-ogohlantirish-60277634.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/16/36214178_335:44:2681:1803_1920x0_80_0_0_c708bcfff32ba4633427da81ffd1f04c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi
Reuters: Ukrainada harbiy harakatlar xarajatlari kuniga 190 mln dollarga yetdi
Ukraina joriy yilning sakkiz oyida mudofaaga 42 mlrd dollar sarfladi, ichki daromadlar va qarzlar esa 39 mlrd dollar bo‘ldi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Ukraina joriy yilda mudofaa xarajatlarini ichki resurslar hisobidan to‘liq moliyalashtira olmayapti. Bu haqda parlament budjet qo‘mitasi rahbari Roksolana Pidlasa Kiyevdagi YES konferensiyasida ma’lum qildi, deb
xabar bermoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yilning dastlabki sakkiz oyida Ukraina mudofaaga, bepul harbiy yordamni hisobga olmaganda, qariyb 42 mlrd dollar sarflagan. Shu davrda ichki daromadlar va ichki qarzlar 39 mlrd dollar keltirgan.
“Afsuski, bu yil urush shunchalik qimmatlashdiki, hatto o‘z ulushimizni ham qoplay olmayapmiz”, — dedi Pidlasa.
Urushning kunlik qiymati 2024-yildagi 140 mln dollardan joriy yilda taxminan 190 mln dollargacha oshgan. Bunga inflyatsiya, qo‘shinlar soni, ijtimoiy to‘lovlar va o‘q-dori sarfining ortishi sabab bo‘lgan.
Sakkiz oyda budjetning ichki daromadlari rejadan 1,35 mlrd dollarga kam tushgan.
Iqtisodiyot vaziri Aleksandr Kravchenko Rossiya zarbalari va Qora dengiz portlari orqali eksport imkoniyatlarining cheklanishini iqtisodiyotga bosim o‘tkazayotgan omillar qatorida keltirdi.
Uning bahosicha, infratuzilma va asosiy vositalarga yetkazilgan zarar qariyb 10 mlrd dollar bo‘lgan, 40 mlrd dollarlik eksport daromadi esa xavf ostida qolgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar harbiy sanoat obyektlari hamda harbiy yuklar tashishda foydalaniladigan port va transport infratuzilmasiga qaratilganini bildirib keladi.
Ukraina hukumati mudofaa taqchilligini qoplash uchun harbiy bo‘lmagan xarajatlarni qisqartirish yoki kechiktirishni ko‘rib chiqmoqda. Kiyev G‘arb hamkorlari bilan moliyaviy yordam bo‘yicha muzokara olib bormoqda, ammo hozircha tezkor yechim topilmagan.