https://oz.sputniknews.uz/20260907/ukraine-ravedka-ogohlantirish-60277634.html
Ukraina ravedkasi Rossiya resurslarini yetarli deb baholadi va og‘ir qishdan ogohlantirdi
Ukraina ravedkasi Rossiya resurslarini yetarli deb baholadi va og‘ir qishdan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada budjet taqchilligi va qish mavsumi uchun qo‘shimcha mablag‘ ehtiyoji saqlanmoqda. Shu paytda Ukraina harbiy razvedkasi Rossiya mojaroni davom ettirish uchun hali yetarli resurslarga ega ekanini bildirdi.
2026-09-07T18:21+0500
2026-09-07T18:21+0500
2026-09-07T18:22+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dron
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/02/25846205_0:0:1849:1040_1920x0_80_0_0_a32d1c7bb285e2eb112d81baeff2ef9d.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Ukrainadagi mojaroni davom ettirish uchun hali yetarli resurslarga ega. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) rahbari Oleg Ivashenko “Ukrinform”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti harbiy harakatlarni davom ettirish imkoniyatlari saqlanib qolmoqda. Shu intervyuda Ivashenko rahbari Ukraina uchun yaqinlashayotgan kuz va qish haqida ham optimistik prognoz bermadi.Ivashenkoning aytishicha, sovuq mavsum yaqinlashgan sari energetika obyektlari va issiqlik elektr stansiyalari Rossiya zarbalari uchun yanada dolzarb nishonlarga aylanishi mumkin. Rossiya bir vaqtning o‘zida ballistik va qanotli raketalar, hujumchi dronlar hamda reaktiv “Shaxed”lardan foydalanish imkoniyatlarini oshirmoqda. GUR bahosiga ko‘ra, bir kunda 120 tadan 500 tagacha shunday dron qo‘llanilishi mumkin.Ukrainaning o‘zida esa moliyaviy muammolar ham saqlanib qolmoqda. “Ukrainskaya pravda” ma’lumotiga ko‘ra, bosh vazir Sergey Koreskiy Vladimir Zelenskiyga mamlakatning mavjud resurslari bilan 2026-yil oxirigacha moliyalashtirilishi kerak bo‘lgan xarajatlar o‘rtasida o‘nlab milliard dollarlik tafovut borligini ko‘rsatgan.Ayrim hududlarda aholiga oldindan xavfsiz joyga chiqib ketish ham tavsiya qilinmoqda. Xerson viloyati ma’muriyati shaharda qolishni istagan aholiga hech bo‘lmaganda kuz-qish davrini xavfsizroq hududlarda o‘tkazishni maslahat bergan.
https://oz.sputniknews.uz/20260906/kyiv-evakuatsiya-taklif-60247188.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/02/25846205_231:0:1618:1040_1920x0_80_0_0_647a08b085e407546049cccd22eed305.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dron, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
dron, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
Ukraina ravedkasi Rossiya resurslarini yetarli deb baholadi va og‘ir qishdan ogohlantirdi
18:21 07.09.2026 (yangilandi: 18:22 07.09.2026) Rossiya mojaroni davom ettirish uchun yetarli resurslarga ega, Ukraina esa og‘ir kuz-qish mavsumiga tayyorlanishi kerak, dedi mamlakat Bosh razvedka boshqarmasi rahbari.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Ukrainadagi mojaroni davom ettirish uchun hali yetarli resurslarga ega. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) rahbari Oleg Ivashenko “Ukrinform”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti harbiy harakatlarni davom ettirish imkoniyatlari saqlanib qolmoqda.
Shu intervyuda Ivashenko rahbari Ukraina uchun yaqinlashayotgan kuz va qish haqida ham optimistik prognoz bermadi.
“Men sizni xursand qila olmayman va odamlarni chalg‘ita ham olmayman. Odamlar buni tushunishi, mamlakatimiz esa bunga tayyorlanishi kerak”, — dedi u.
Ivashenkoning aytishicha, sovuq mavsum yaqinlashgan sari energetika obyektlari va issiqlik elektr stansiyalari Rossiya zarbalari uchun yanada dolzarb nishonlarga aylanishi mumkin. Rossiya bir vaqtning o‘zida ballistik va qanotli raketalar, hujumchi dronlar hamda reaktiv “Shaxed”lardan foydalanish imkoniyatlarini oshirmoqda. GUR bahosiga ko‘ra, bir kunda 120 tadan 500 tagacha shunday dron qo‘llanilishi mumkin.
Ukrainaning o‘zida esa moliyaviy muammolar ham saqlanib qolmoqda. “Ukrainskaya pravda” ma’lumotiga ko‘ra, bosh vazir Sergey Koreskiy Vladimir Zelenskiyga mamlakatning mavjud resurslari bilan 2026-yil oxirigacha moliyalashtirilishi kerak bo‘lgan xarajatlar o‘rtasida o‘nlab milliard dollarlik tafovut borligini ko‘rsatgan.
Qishga tayyorgarlikda energetika zaxiralari masalasi ham dolzarb. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 12-avgust holatida hududlarda zarur zaxira elektr quvvatining 75,6 foizi ta’minlangan, yana 296,2 MVt quvvat yetishmagan.
Ayrim hududlarda aholiga oldindan xavfsiz joyga chiqib ketish ham tavsiya qilinmoqda. Xerson viloyati ma’muriyati shaharda qolishni istagan aholiga hech bo‘lmaganda kuz-qish davrini xavfsizroq hududlarda o‘tkazishni maslahat bergan.