https://oz.sputniknews.uz/20260913/india-tashkent-reys-60414132.html
Hindistonda Toshkent–Haydarobod yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi taqdim etildi
Hindistonda Toshkent–Haydarobod yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
Centrum Air 28-sentabrdan Toshkent–Haydarobod yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvoz qiladi. Chiptalar narxi 2 mln so‘mdan boshlanadi, Haydarobod kompaniyaning Hindistondagi ikkinchi yo‘nalishi bo‘ladi.
2026-09-13T14:34+0500
2026-09-13T14:34+0500
2026-09-13T14:34+0500
aviaparvozlar
aviayo‘nalish
hindiston
aviatashuvchi
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38084621_0:105:1193:776_1920x0_80_0_0_70d88b6b95d20bc0b93032638ae481d9.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Hindistonning Haydarobod shahrida Toshkent–Haydarobod yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviayo‘nalishi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Centrum Air aviakompaniyasi ushbu yo‘nalish bo‘yicha muntazam parvozlarni 28-sentabrdan yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftasiga ikki marta Airbus A320neo samolyotlarida amalga oshiriladi.Taqdimotda O‘zbekiston elchixonasi, Centrum Air vakillari, shuningdek ikki mamlakatning turizm va ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev yangi reys Hindiston bosh vazirining 29–30 avgust kunlari Toshkentga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yo‘lga qo‘yilayotganini ta’kidladi.Haydarobod mamlakatning yirik iqtisodiy, IT va farmatsevtika markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bois yangi reys nafaqat turistlar, balki ishbilarmonlar uchun ham qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.Taqdimot doirasida O‘zbekiston va Hindiston turkompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260316/centrum-air-tashkent-sochi-reyslar-56311164.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38084621_0:178:750:741_1920x0_80_0_0_f8c67bc09a1dcc6ea7a0b9d97ae15b12.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aviaparvozlar, aviayo‘nalish, hindiston, aviatashuvchi, turizm
aviaparvozlar, aviayo‘nalish, hindiston, aviatashuvchi, turizm
Hindistonda Toshkent–Haydarobod yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi taqdim etildi
28 sentabrdan Toshkent va Haydarobod o‘rtasida haftasiga ikki marta to‘g‘ridan- to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Hindistonning Haydarobod shahrida Toshkent–Haydarobod yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviayo‘nalishi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Centrum Air aviakompaniyasi ushbu yo‘nalish bo‘yicha muntazam parvozlarni 28-sentabrdan yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftasiga ikki marta Airbus A320neo samolyotlarida amalga oshiriladi.
Haydarobod Dehlidan keyin aviakompaniyaning Hindistondagi ikkinchi yo‘nalishiga aylanadi.
Taqdimotda O‘zbekiston elchixonasi, Centrum Air vakillari, shuningdek ikki mamlakatning turizm va ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev yangi reys Hindiston bosh vazirining 29–30 avgust kunlari Toshkentga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yo‘lga qo‘yilayotganini ta’kidladi.
Tadbir ishtirokchilari yangi aviayo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik va ishbilarmonlik aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi. So‘nggi yillarda Hindistondan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni bir necha barobar oshgan.
Haydarobod mamlakatning yirik iqtisodiy, IT va farmatsevtika markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bois yangi reys nafaqat turistlar, balki ishbilarmonlar uchun ham qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Taqdimot doirasida O‘zbekiston va Hindiston turkompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.