Hindistonda BRIKS sammiti 2026

Obuna bo‘lish
BRIKS sammitida Rossiyadan vazirlar va yirik korporatsiyalar vakillaridan iborat 300 kishilik delegatsiya ishtirok etmoqda.
Hindistonda 11-13 sentabr kunlari BRIKS davlatlarining 18- sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda global va mintaqaviy muammolar, 20-yillik strategik sheriklik natijalari va kelajakdagi istiqbollar muhokama qilinadi.

Juma kuni Rossiya prezidenti BRIKS biznes sammitida ishtirok etib nutq so‘zladi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Narendra Modi, Siril Ramofosa, Abdul Fattox as-Sisi, BRIKS banki rahbari Dilma Russef bilan uchrashdi.

Shanba kuni Vladimir Putin BRIKS davlat rahbarlarining asosiy yig‘ilishida ishtirok etadi. Unda Rossiya tomonidan Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham qatnashadi.
Yangiliklar lentasi
0