Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira nega oshirilmoqda – Transport vazirligi izohi

© Sputnik / Baxrom XatamovAbay ko‘chasi va Alisher Navoiy shohko‘chasi chorrahasidagi shahar ritmi
Abay ko‘chasi va Alisher Navoiy shohko‘chasi chorrahasidagi shahar ritmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
1 oktabrdan avtobus va metroda elektron to‘lovda yo‘l haqini 1700 so‘mdan 2500 so‘mgacha — 47 foizga oshirish taklif qilindi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Transport vazirligi Toshkent shahrida jamoat transportida 1-oktabrdan yo‘l haqi tariflarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan loyiha yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.
Loyihaga ko‘ra, 1-oktabrdan quyidagilarni joriy etish taklif qilinmoqda:
avtobus yoki metroda bir martalik qatnov uchun elektron to‘lov – amaldagi 1700 so‘m o‘rniga 2500 so‘m;
naqd pul bilan to‘lov – amaldagi 3000 so‘m darajasida qoldiriladi;
bagaj tashish haqi – 4000 so‘m etib belgilanadi.
Shuningdek, loyihada doimiy yo‘lovchilar uchun yangi abonementlar hamda jamoat transporti turlari o‘rtasida biridan ikkinchisiga o‘tish uchun alohida (almashish) tariflar nazarda tutilgan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, bugungi kunda poytaxt jamoat transporti har kuni qariyb 2,5 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda. Toshkent kengayib, aholining muntazam va qulay transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji yil sayin ortib bormoqda.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida harakat tarkibi qariyb ikki baravar kengayib, avtobuslar soni 1900 taga yaqinlashdi. Ularning o‘rtacha qatnov oralig‘i esa 30 daqiqadan 15 daqiqagacha qisqardi. Yo‘nalishlar tarmog‘i yangi turar joy massivlari hamda poytaxtga tutash hududlarni qamrab olish hisobiga kengaymoqda.
“Biroq harakat tarkibini sotib olishning o‘zi yetarli emas. Uning har kuni yo‘nalishga chiqishini va texnik sozligini ta’minlash zarur. Xarajatlar mashinistlar, haydovchilar va texnik xodimlarning ish haqi, yonilg‘i va elektr energiyasi, ehtiyot qismlar va shinalar, harakatdagi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, depo va quvvatlantirish infratuzilmasini saqlash, salonlarni tozalash, shuningdek, dispetcherlik, navigatsiya va elektron to‘lov tizimlarining ishlashini o‘z ichiga oladi”, - deyiladi vazirlik izohida.
Qayd etilishicha, amaldagi tarif bu xarajatlarning faqat bir qismini qoplaydi. Tashuvlarni moliyalashtirish bo‘yicha asosiy yuk hamon davlat budjeti zimmasida qolmoqda.
Tarifning ehtimoliy o‘zgarishi tashuvchilarga qo‘yiladigan aniq talablar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi lozim. Bular – qatnovlarning muntazamligi, belgilangan oraliqlarga rioya etilishi, transport vositalarining texnik holati va tozaligi, yo‘lovchilar xavfsizligi, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda yo‘nalishlar tarmog‘ining yanada kengaytirilishi.

Transport vazirligi fuqarolar tariflarni o‘zgartirish bo‘yicha hujjat loyihasi bilan 19-sentabrga tanishib, o‘z taklif va mulohazalarini yuborishlari mumkinligini bildirdi.
Kelib tushgan barcha taklif va mulohazalar yakuniy qarorni tayyorlash jarayonida ko‘rib chiqiladi.
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravleni 20 novix vagonov metro TMX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Metroda qatnov oralig‘i qisqartiriladi — Toshkentga yana 3 ta poyezd olib kelindi
Yangiliklar lentasi
0