Metroda qatnov oralig‘i qisqartiriladi — Toshkentga yana 3 ta poyezd olib kelindi

© Press-slujba TransmashxoldingV Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravleni 20 novix vagonov metro TMX
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravleni 20 novix vagonov metro TMX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Obuna bo‘lish
Yangi poyezdlar sovutish va isitish tizimlari bilan jihozlangan. Ularning yo‘nalishlarga chiqarilishi metro harakati oralig‘ini qisqartirish imkonini beradi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Toshkent metrosi uchun yana uchta zamonaviy harakat tarkibi olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi poyezdlar yozning issiq kunlarida salonni samarali sovutish, qish mavsumida esa isitish tizimlari bilan jihozlangan. Bu yo‘lovchilar uchun yanada qulay va shinam safar sharoitini yaratadi.
Harakat tarkiblari bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi. Bu poyezdlar harakati intervalini qisqartirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish hamda uzoq yillardan beri foydalanib kelinayotgan eski poyezdlarni zamonaviylari bilan almashtirish imkonini beradi.
Ta’kidlanishicha, zamonaviy poyezdlar sonining ko‘payishi metropolitenning tashish quvvatini oshirish, harakat jadvali barqarorligini ta’minlash va ortib borayotgan yo‘lovchilar oqimiga sifatli xizmat ko‘rsatishga ham yordam beradi.
Xabarda 2026-yil yakuniga qadar Toshkent metropoliteniga yana 11 ta zamonaviy harakat tarkibini olib kelish rejalashtirilgani qo‘shimcha qilingan.
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
“Mingo‘rik” — Abu Saxiy metro yo‘nalishi loyihasi qachon tayyor bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0