Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Natsionalnogo muzeya Uzbekistana v Tashkente.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Natsionalnogo muzeya Uzbekistana v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
Majmuaning umumiy maydoni 3,9 gektarni, bino maydoni esa 40 ming kvadrat metrdan ortiqni tashkil etadi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt markazida barpo etilayotgan O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Muzey qurilishi o‘tgan yil avgustida boshlangandi.
Mirziyoyev muzey hududida olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari, obyektlar poydevori va muhandislik infratuzilmasini barpo etish jarayoni bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, muzeyning me’moriy qiyofasi va mazmun-mohiyati dunyodagi ilg‘or tajribalar asosida shakllantirilgan. Loyiha mashhur yaponiyalik me’mor Tadao Ando tomonidan yaratilgan, ekspozitsiya konsepsiyasi esa Germaniyaning “Atelier Brückner” tashkiloti tomonidan tayyorlangan.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
1/4

Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi. - Sputnik O‘zbekiston
2/4

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston
3/4

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi. - Sputnik O‘zbekiston
4/4

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

1/4

Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

2/4

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

3/4

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

4/4

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Majmuaning umumiy maydoni 3,9 gektarni, bino maydoni esa 40 ming kvadrat metrdan ortiqni tashkil etadi. Inshoot 3 qavatli asosiy bino hamda 2 qavatli yer osti qismidan iborat bo‘ladi.
Muzey maydonining 60 foizi ta’lim va ilmiy faoliyatga ajratiladi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, boy kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va konferensiya zallari joylashadi.
Bu madaniy maskan bir vaqtning o‘zida 3 ming 500 nafargacha tashrif buyuruvchini qabul qila oladi. Bu yerda 10 mingga yaqin tarixiy va san’at eksponatlari namoyish etiladi.
Bino qurib bitkazilgach, atrofidagi Abulqosim madrasasi, Xalqlar do‘stligi saroyi va Milliy bog‘ bilan birgalikda yaxlit me’moriy ansamblni hosil qiladi.
Fransiyaning Luvr, AQShning Metropoliten va Britaniya muzeylari kabi dunyoning nufuzli madaniy muassasalari bilan qo‘shma ko‘rgazmalar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident mutasaddilarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat standartlari asosida bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markazini ko‘zdan kechirdi – foto
Yangiliklar lentasi
0