Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markazini ko‘zdan kechirdi – foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2026
Obuna bo‘lish
Markaz O‘zbekistonda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasidir.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, zamonaviy san’at markazi – O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining yetakchi loyihalaridan biri. Uning barpo etilishi Mirziyoyevning tashabbusi, mamlakatda madaniyatni rivojlantirish, ijodiy muhitni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro madaniy hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasidir.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
1/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
2/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
3/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
4/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
5/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
6/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
7/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
8/9
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil noviy Sentr sovremennogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
9/9
1/9
2/9
3/9
4/9
5/9
6/9
7/9
8/9
9/9
Prezident rahbari o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va shonli tarixi butun dunyoda haqli ravishda katta qiziqish uyg‘otishini qayd etdi. So‘nggi yillarda mamlakatda ushbu bebaho boylikni tiklash, asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, Mirziyoyev zamonaviy san’atni ham izchil rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Zamonaviy san’at bugungi avlodning dunyoqarashi, ijodiy izlanishlari va bunyodkorlik salohiyatini namoyon etib, jahon hamjamiyati bilan madaniy muloqotni kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning madaniy qiyofasini yanada mustahkamlash uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.
“Shu nuqtayi nazardan, yangi Zamonaviy san’at markazi ijodkorlar, kuratorlar, tadqiqotchilar va yoshlar uchun ochiq maydonga, mamlakatimiz va xorijdagi zamonaviy san’at ustalarini o‘ziga jalb etadigan maskanga aylanishi lozim. Bu yerda O‘zbekistonning bugungi madaniy salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etadigan yangi g‘oyalar, professional aloqalar va loyihalar shakllanishi muhim”, - deyilgan xabarda.
Ushbu markaz O‘zbekistonda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasidir. Shu bilan birga, u Markaziy Osiyoda ko‘rgazma, ta’lim, tadqiqot va ma’rifiy faoliyatni birlashtirgan bunday ko‘lamdagi ilk madaniy majmua hisoblanadi.
Yangi markaz 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynselman loyihasi asosida barpo etilgan tarixiy binoda joylashgan. Dastlab bu yerda tramvay deposi bo‘lgan, keyinchalik binodan dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan.
Prezident ko‘rgazma va ta’lim maydonlari, jamoat hududlarini ko‘zdan kechirdi. Majmuada uchrashuvlar va ommaviy dasturlar uchun maydonlar, konsept-do‘kon hamda restoran tashkil etilgan. Keng jamoatchilik uchun ochiq ixtisoslashtirilgan kutubxona va tadqiqot arxivida san’at, vizual madaniyat va tanqidiy nazariyaga oid adabiyotlar hamda materiallar jamlangan.
Markazda ko‘rgazmalar, leksiyalar, ochiq suhbat va muhokamalar, film namoyishlari, konsertlar, performanslar, ijodiy ustaxonalar va art-rezidensiya dasturlari tashkil etiladi.
Zamonaviy san’at markazining rasmiy ochilishi 6-sentabrga rejalashtirilgan.
Rukopis Korana iz Katta Langara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2026
Afrosiyob devoriy rasmlari va Katta Langar Qur’oni Dohada namoyish etiladi
Yangiliklar lentasi
0