Ovchilik guvohnomasini berish raqamlashtiriladi

© Depositphotos / Kaninstudio
Obuna bo‘lish
Guvohnoma maxsus o‘quv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslarga 2-yil muddatga beriladi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda ovchilikka taalluqli hujjatlarni berish jarayonlari raqamlashtiriladi. Tegishli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ov qilish ovchilik xo‘jaliklariga biriktirilgan ov qilish joylarida hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan erkin ov qilish joylarida amalga oshiriladi.
Ovchilik xo‘jaliklari pitomniklarda yovvoyi hayvonlarni to‘liq bosqichda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan holda o‘zlariga biriktirilgan ov qilish joylariga qo‘yib yuborilgan yovvoyi hayvonlar soniga teng miqdordagi yovvoyi hayvonlarni ularning urchish paytidan tashqari yil davomida ov qilishni tashkil etishi mumkin.

Bunda yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Yovvoyi hayvonlarning urchish payti O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining xulosasi asosida belgilanadi.
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ovchilik guvohnomasini berish jarayonlari raqamlashtirilishi belgilandi.
Bunda guvohnoma muomalaga layoqatli, 18 yoshga to‘lgan, ovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus o‘quv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxslarga YaIDXP (my.gov.uz) orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan 2-yil muddatga beriladi.
Ovchilik guvohnomasining amal qilish muddati talabgorning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.