https://oz.sputniknews.uz/20250418/ozbekiston-belarus-ovchilik-turizmi-48939180.html
O‘zbekiston Belarus bilan ovchilik turizmini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Belarus bilan ovchilik turizmini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus o‘rmon xo‘jaligi vaziri Aleksandr Kulik bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni faollashtirish, kadrlar tayyorlash, tajriba almashish va urug‘chilikda qator qo‘shma loyihalar amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
2025-04-18T13:03+0500
2025-04-18T13:03+0500
2025-04-18T13:03+0500
o‘zbekiston
belarus
hamkorlik
uchrashuv
muloqot
o‘rmon
o‘rmon xo‘jaligi
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/16/46760323_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_5ed22baa9419a971ff79a9ecd94c3835.jpg
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Belarus bilan ovchilik turizmini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus o‘rmon xo‘jaligi vaziri Aleksandr Kulik bilan uchrashdi.Vazir Aleksandr Kulik o‘zbekistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda to‘xtalib, o‘zaro savdo-sotiq hajmi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shu bilan birga, tovarlar nomenklaturasini kengaytirish, ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarida qo‘shma chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.Tomonlar 2-3 xonali to‘liq sharoitlari mavjud yig‘ma yog‘och uylarni O‘zbekiston hududlarida joylashtirish imkoniyatlari xususida fikr almashdi. Belarus tomoni o‘zbek hamkorlarning tegishli takliflarini, shu jumladan birga ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.Muloqot yakunida belgilangan masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun ikki tomon mas’ullari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20240727/ov-qilish-va-ovchilik-xojaliklari-faoliyati-44958287.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/16/46760323_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_72cc4b6eb2456da929b4e0c6ebd6f08f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston belarus ovchilik turizmi
o‘zbekiston belarus ovchilik turizmi
O‘zbekiston Belarus bilan ovchilik turizmini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni faollashtirish, kadrlar tayyorlash, tajriba almashish va urug‘chilikda qator qo‘shma loyihalar amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Belarus bilan ovchilik turizmini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qiladi, deb
xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus o‘rmon xo‘jaligi vaziri Aleksandr Kulik bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida tomonlar o‘zbek-belorus munosabatlarida kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etishdi. Ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga yetarli salohiyat va imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. 2024-yil fevral oyida oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida imzolangan sohaga oid bitimlarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Vazir Aleksandr Kulik o‘zbekistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda to‘xtalib, o‘zaro savdo-sotiq hajmi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shu bilan birga, tovarlar nomenklaturasini kengaytirish, ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarida qo‘shma chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Tomonlar 2-3 xonali to‘liq sharoitlari mavjud yig‘ma yog‘och uylarni O‘zbekiston hududlarida joylashtirish imkoniyatlari xususida fikr almashdi. Belarus tomoni o‘zbek hamkorlarning tegishli takliflarini, shu jumladan birga ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tegishli idoralar o‘rtasida aloqalarni faollashtirish, kadrlarni tayyorlash, tajriba almashish va urug‘chilikda qator qo‘shma loyihalar amalga oshirishga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda ovchilik turizmini rivojlantirish yo‘nalishida birgalikda ishlash ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.
Muloqot yakunida belgilangan masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun ikki tomon mas’ullari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.