Milliy gvardiya xodimi fuqaroga murojaat qilganda o‘zini tanishtirishi shart bo‘ladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki MO, MVD i Natsioanalnoy gvardii
Sotrudniki MO, MVD i Natsioanalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
Fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi shartligi belgilanmoqda.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Milliy gvardiya xodimlariga fuqarolar bilan muloqotda o‘zini tanishtirish majburiyati yuklanmoqda. Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ma’qullandi.
Qonun bilan Milliy gvardiya organlarining asosiy vazifalari qayta tizimlashtirilmoqda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash, qo‘riqlash faoliyati bilan bog‘liq vazifalar birlashtirilib, ommaviy tartibsizliklarga chek qo‘yish bo‘yicha yangi vazifa belgilanmoqda.
Shuningdek, davlat obyektlari, o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, boshqa obyektlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash bilan bog‘liq vazifalar amaldagi qonunchilikda belgilangan vakolatlardan kelib chiqib optimallashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonunning muhim jihatlaridan yana biri Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining fuqarolar bilan muloqot qilish tartibi aniq belgilab berilayotgani.
Endi harbiy xizmatchi fuqaroga murojaat qilganda o‘z lavozimi, harbiy unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismini aytishi, murojaat qilishining sababi va maqsadini tushuntirishi, fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi shartligi belgilanmoqda.
Yana bir muhim yangilik jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy maxsus vositalardan foydalanish bo‘yicha Milliy gvardiyaning huquqlari qonunchilikda aniqlashtirilmoqda.
Senatorlarning ta’kidlashicha, bu o‘zgartishlar Milliy gvardiyaning vazifa va vakolatlarini aniqlashtirish, ularni amaldagi funksiyalarga moslashtirish, fuqarolar bilan munosabatlarda ochiqlik va qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
2017 yilda tashkil etilgan Milliy gvardiyaning huquqiy maqomi 2020-yilda alohida qonun bilan mustahkamlandi. Keyingi yillarda esa uning faoliyatiga oid 20 tadan ortiq qonun hamda 70 tadan ortiq farmon va qaror qabul qilinib, yangi vazifa va vakolatlar belgilandi.
Sotrudnik DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
YPX xodimlari chiqindi tashlagan va jamoat joyda alkogol iste’mol qilganlarga jazo qo‘llaydi
Yangiliklar lentasi
0