https://oz.sputniknews.uz/20260907/ypx-jazo-qollash-60252523.html
YPX xodimlari chiqindi tashlagan va jamoat joyda alkogol iste’mol qilganlarga jazo qo‘llaydi
YPX xodimlari chiqindi tashlagan va jamoat joyda alkogol iste’mol qilganlarga jazo qo‘llaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-noyabrdan YPX va patrul-post xizmati vakolatlari kengaytiriladi. YPX chiqindi va alkogol bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqadi, PPX esa tirbandliklarni bartaraf etishda ishtirok etadi.
2026-09-07T10:40+0500
2026-09-07T10:40+0500
2026-09-07T10:56+0500
iiv
iiv huzuridagi qo‘riqlash departamenti
yo‘l-patrul xizmati (ypx)
jamiyat
qoidabuzarlik
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24936152_0:44:2666:1544_1920x0_80_0_0_fcbafe2e5c7f27f766580cd98e00b09b.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2026-yil 1-noyabrdan yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarining bir qator vakolatlari kengaytiriladi. Bu prezidentning PQ–314-son qarorida belgilangan.Xususan, YPX xodimlari endi faqat yo‘l harakati qoidalari bilan cheklanib qolmaydi. YPX xodimlariga ko‘cha va jamoat joylarida tartibni buzayotgan shaxslarni ta’qib qilish, ushlash va ichki ishlar organlariga olib borish vakolati ham beriladi.Patrul-post va qo‘riqlash xizmati xodimlari esa yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq ayrim vazifalarni bajaradi. Jumladan, ular chorrahalar, bozorlar, yirik savdo majmualari, ta’lim muassasalari atrofi va markaziy ko‘chalarda yuzaga kelgan tirbandliklarni bartaraf etishda ishtirok etadi.Yana bir o‘zgarish — patrul-post va qo‘riqlash xizmati naradlari “112” tizimi orqali kelib tushgan chaqiruvlar bo‘yicha nafaqat jamoat joylariga, balki aholi xonadonlarida sodir bo‘lgan jinoyat va hodisalarga ham tezkor yetib boradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260522/qoriqlash-xizmati-57764519.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24936152_0:24:2666:2024_1920x0_80_0_0_e4eb874d4d6caaa78a7cf51ab8dd043b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iiv, iiv huzuridagi qo‘riqlash departamenti , yo‘l-patrul xizmati (ypx), jamiyat, qoidabuzarlik, yangi qonun
iiv, iiv huzuridagi qo‘riqlash departamenti , yo‘l-patrul xizmati (ypx), jamiyat, qoidabuzarlik, yangi qonun
YPX xodimlari chiqindi tashlagan va jamoat joyda alkogol iste’mol qilganlarga jazo qo‘llaydi
10:40 07.09.2026 (yangilandi: 10:56 07.09.2026) 1 noyabrdan YPX xodimlariga jamoat tartibi sohasida yangi vakolatlar beriladi. Ular ayrim huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqib, ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2026 yil 1-noyabrdan yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarining bir qator vakolatlari kengaytiriladi. Bu prezidentning PQ–314-son qarorida
belgilangan.
Xususan, YPX xodimlari endi faqat yo‘l harakati qoidalari bilan cheklanib qolmaydi.
Ular belgilanmagan joylarga qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish, shuningdek, jamoat joyida alkogol mahsulotini iste’mol qilish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash vakolatiga ega bo‘ladi.
YPX xodimlariga ko‘cha va jamoat joylarida tartibni buzayotgan shaxslarni ta’qib qilish, ushlash va ichki ishlar organlariga olib borish vakolati ham beriladi.
Patrul-post va qo‘riqlash xizmati xodimlari esa yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq ayrim vazifalarni bajaradi.
Jumladan, ular chorrahalar, bozorlar, yirik savdo majmualari, ta’lim muassasalari atrofi va markaziy ko‘chalarda yuzaga kelgan tirbandliklarni bartaraf etishda ishtirok etadi.
Shuningdek, ushbu xodimlar yo‘llarda sodir bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga darhol munosabat bildirishi, ularning oldini olishi va jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatishi belgilangan.
Yana bir o‘zgarish — patrul-post va qo‘riqlash xizmati naradlari “112” tizimi orqali kelib tushgan chaqiruvlar bo‘yicha nafaqat jamoat joylariga, balki aholi xonadonlarida sodir bo‘lgan jinoyat va hodisalarga ham tezkor yetib boradi.