Lebedev: MDHda milliy valyutalardagi hisob-kitoblar ulushi sezilarli oshdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishSergey Lebedev
Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
Bosh kotib so‘nggi yillarda MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yanada mustahkamlanganini urg‘uladi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari o‘rtasida milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Milliy valyutalarda hisob-kitoblar hozir sezilarli oshdi, bunga tashqi sharoitlar majbur qildi va bu masalani hal etishni tezlashtirdi. Xususan, Rossiya va Belarus o‘rtasida deyarli barcha hisob-kitoblar milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda, boshqa mamlakatlarda bu ko‘rsatkich kamroq, biroq hammasi bu hisob-kitoblarni ko‘paytirish va dollar hamda yevroda hisob-kitoblardan xalos bo‘lish sari bormoqda”, - dedi u Ashxobodda bo‘lib o‘tgan MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishi chog‘ida.
Lebedevning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi yillarda MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yanada mustahkamlandi.
“Birgalikda iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiruvchi ko‘plab tashkilotlar ta’sis etilgan. Hozir MDHda 56 ta soha kengashi mavjud. Ulardan salmoqli qismi, asosiy qismi iqtisodiy kengashlardan iborat”, - deya tushuntirdi MDH bosh kotibi.
Juma kuni Ashxobodda MDH Iqtisodiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi, navbatdagi majlis joriy yilning 27-noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Tadbir Turkmanistonning 2026-yilda MDH organlariga raisligi doirasida o‘tkazildi.
Po itogam sammita ShOS bilo podpisano 28 dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Toshkentdagi markaz, milliy valyutalar, 28 ta hujjat — ShHT sammiti yakunlari
Yangiliklar lentasi
0