Elektrotexnika korxonalariga soliq va bojxona imtiyozlari 2030-yilgacha uzaytiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam razvitiya elektrotexnicheskoy promishlennosti i podderjki proizvodstva konkurentosposobnoy produksii.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam razvitiya elektrotexnicheskoy promishlennosti i podderjki proizvodstva konkurentosposobnoy produksii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
Investitsiya loyihalariga milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarning bir qismi uch yil davomida qoplab beriladi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. O‘zbekistonda elektrotexnika korxonalariga soliq va bojxona imtiyozlari 2030-yilgacha uzaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish taqdimotida ma’lum qilindi.
Taqdimotda 2030-yilgacha elektrotexnika va unga yondosh sanoatda ishlab chiqarish hajmini 11 mlrd dollarga, eksportni 5 mlrd dollarga yetkazish, 3 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, misga qo‘shilgan qiymatni 35 foizga olib chiqish rejalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, buning uchun mamlakatda zarur xomashyo bazasi va bozor mavjud. Yiliga 150 ming tonnadan ortiq mis katodi ishlab chiqarilmoqda, yangi quvvatlar hisobiga mazkur ko‘rsatkich 300 ming tonnaga yetkaziladi. Shuningdek, 15 gigavatt quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu elektrotexnika mahsulotlari uchun yiliga 500 mln dollarlik buyurtma bozorini shakllantiradi.
Yig‘ilishda ayrim korxonalarda aylanma mablag‘ uchun kredit olishda garov ta’minoti yetishmayotgani qayd etildi.
Shuningdek, mis xomashosini birja orqali xarid qilish uchun qulay moliyaviy instrumentlar yaratish va yirik xalqaro brendlarni jalb etish mexanizmlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Aholi uy-joylari qurilishi ortib borayotgani ham elektrotexnika mahsulotlariga talabni oshirmoqda.
Shu munosabat bilan tarmoq korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif etildi.
Jumladan, mis xomashosini xarid qilishda to‘lovning 25 foizini korxonalar, qolgan 75 foizini O‘zsanoateksport aksiyadorlik jamiyati amalga oshiradi. Korxonalar ushbu mablag‘ni 90 kun ichida yillik 6 foizgacha stavkada qaytaradi. Bu maqsadlar uchun 50 mln dollar resurs yo‘naltiriladi.
Endilikda kreditlar bo‘yicha eksport shartnomalari, sug‘urta polislari kabi boshqa ta’minot turlarini ham qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Investitsiya loyihalariga milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarning bir qismi uch yil davomida qoplab beriladi.
Kamida 50 mln dollar sarmoya kiritadigan yirik xalqaro brend kompaniyalariga soliq imtiyozlari taqdim qilinib, infratuzilmaga ega tayyor binolar taklif etildi.
Elektrotexnika sanoati korxonalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari muddatini 2030-yilgacha uzaytirish, yondosh mahalliy sanoat korxonalarini ham qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilmoqda.
Eksportni kengaytirish maqsadida xorijiy bozorlarda savdo omborlari tashkil etish, mahsulotlarni sertifikatlash va tashqi bozorlarga chiqarish jarayonlarini yengillashtirish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston va Iroq bozorlariga kompleks texnologik yechimlar eksportini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tarmoqda innovatsiya va ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish uchun To‘rtinchi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazini tashkil etish taklif qilindi.
Markaz yangi mahsulotlarni raqamli modellashtirish, sinovdan o‘tkazish, mahalliylashtirish, prototiplar tayyorlash va korxonalarga injiniring xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Prezident mutasaddilarga elektrotexnika sanoatida qo‘shilgan qiymatni oshirish, yuqori texnologik mahsulot va materiallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, mahalliy korxonalarni global qiymat zanjirlariga olib kirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Rabota elektrotexnicheskogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Elektrotexnika eksporti 9 oyda 1 mlrd dollarga yaqinlashdi
Yangiliklar lentasi
0