Elektrotexnika eksporti 9 oyda 1 mlrd dollarga yaqinlashdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRabota elektrotexnicheskogo zavoda
Rabota elektrotexnicheskogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Obuna bo‘lish
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi. Soha 16 foizga o‘sib, eksport 970 mln dollarga yetdi. “CE”ni joriy etish orqali eksport imkoniyati kengayadi
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Joriy yilning 9 oyida tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 16,3 foizga o‘sib, 34 trillion so‘mga yetdi. Eksport 970 million dollarni tashkil qildi.
Taqdimotda chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish choralari muhokama qilindi. Jumladan, misga chegirma, kredit foizlarining bir qismini qoplash hamda soliq va bojxona imtiyozlari nazarda tutilgan.
Tarmoq an’anaviy mahsulotlar bilan birga elektronika va yarim o‘tkazgichlar kabi yuqori texnologiyali yo‘nalishlarni o‘zlashtirishi zarurligi ta’kidlandi.
Yangi loyihalar hisobiga kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 250 ming tonnaga, 2030-yilga borib esa 500 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Mutasaddilar mazkur xomashyo bazasidan foydalanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Jumladan, serverlar, sanoat elektronikasi, konditsionerlar, quyosh panellari, avtomatika vositalari va smart-kartalar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Umuman, 2,1 milliard dollarlik 157 ta loyiha orqali 14,5 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.
Taqdimotda hududlardagi elektrotexnika texnoparklari faoliyati ko‘rib chiqildi. Milliy mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarish imkoniyatlari kengaymoqda: O‘zbekiston standartlar instituti Xalqaro elektrotexnika komissiyasiga a’zo bo‘lib, mahalliy sertifikatlar 53 davlatda tan olinadi.
Yevropalik hamkorlar bilan muvofiqlikni baholash tizimi yo‘lga qo‘yilib, “CE” belgisi joriy qilinmoqda. Bu esa Yevroittifoqqa eksportni ikki barobar oshirish imkonini yaratadi.
V Tashkente proxodat mejdunarodnie vistavki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2025
Elektrotexnika sanoati: O‘zbekiston 5 trln so‘mlik mahsulotlarni mahalliylashtiradi
Yangiliklar lentasi
0