https://oz.sputniknews.uz/20260911/aviareyslar-kompensatsiya-60369408.html
Raqobat qo‘mitasi aviareyslar kechikkanda to‘lanadigan kompensatsiyalarni o‘rganmoqda
Raqobat qo‘mitasi aviareyslar kechikkanda to‘lanadigan kompensatsiyalarni o‘rganmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Aholining reyslar kechikishi, axborot berilmasligi va xizmatlar sifati bo‘yicha shikoyatlari ko‘paygan. 11.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-11T13:43+0500
2026-09-11T13:43+0500
2026-09-11T13:43+0500
jamiyat
o‘zbekiston
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
aviareys
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/11/15802398_0:117:3224:1931_1920x0_80_0_0_4119f221f296a1f8fb3a76dc106c952c.jpg
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkan holatlarda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi va iste’molchilar huquqlariga rioya etilishini o‘rganmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha iste’molchilar murojaatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 baravarga ko‘payib, 300 tadan oshdi.Murojaatlarda asosan aviareyslarning bir necha soatga kechikishi, yo‘lovchilarga o‘z vaqtida aniq axborot berilmasligi, xizmatlar sifatining pastligi hamda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olinishi kabi holatlar qayd etilgan.Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkanda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi holatlarini ochiq manbalar asosida o‘rganmoqda.Nazorat organi aviakompaniyalardan raqamli platformalaridagi axborotlarni to‘liq taqdim etish va qonunchilikka muvofiqlashtirishni, fuqarolardan esa ushbu sohadagi taklif va e’tirozlarini qo‘mitaga yuborishni so‘radi.
https://oz.sputniknews.uz/20260401/poezd-kechikish-kompensatsiya-56637562.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/11/15802398_247:0:2978:2048_1920x0_80_0_0_c010d4c255d0695a79b0cef846c46f36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , aviareys
jamiyat, o‘zbekiston, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi , aviareys
Raqobat qo‘mitasi aviareyslar kechikkanda to‘lanadigan kompensatsiyalarni o‘rganmoqda
Aholining reyslar kechikishi, axborot berilmasligi va xizmatlar sifati bo‘yicha shikoyatlari ko‘paygan.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkan holatlarda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi va iste’molchilar huquqlariga rioya etilishini o‘rganmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha iste’molchilar murojaatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 baravarga ko‘payib, 300 tadan oshdi.
Murojaatlarda asosan aviareyslarning bir necha soatga kechikishi, yo‘lovchilarga o‘z vaqtida aniq axborot berilmasligi, xizmatlar sifatining pastligi hamda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olinishi kabi holatlar qayd etilgan.
Qo‘mita tahliliga ko‘ra, ayrim hollarda tashuvchining aybi bilan kechikkan reyslar bo‘yicha yo‘lovchilarga kompensatsiya yoki muqobil yechim taklif etilmagan. Bu esa fuqarolarning vaqti, mablag‘i va rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi mahalliy aviareyslar tashuvchining aybi bilan kechikkanda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi holatlarini ochiq manbalar asosida o‘rganmoqda.
Nazorat organi aviakompaniyalardan raqamli platformalaridagi axborotlarni to‘liq taqdim etish va qonunchilikka muvofiqlashtirishni, fuqarolardan esa ushbu sohadagi taklif va e’tirozlarini qo‘mitaga yuborishni so‘radi.