https://oz.sputniknews.uz/20260401/poezd-kechikish-kompensatsiya-56637562.html
Poyezd kechiksa, kompensatsiya olish mumkin: yangi qoida ishlab chiqilmoqda
Poyezd kechiksa, kompensatsiya olish mumkin: yangi qoida ishlab chiqilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mahalliy poyezdlar tashuvchi aybi bilan kechikkanda yo‘lovchilarga pullik kompensatsiya to‘lash tartibi kengayishi mumkin. 2 soatdan ortiq kechiksa chipta puli to‘liq, 1–2 soatda esa yarmi qaytariladi.
2026-04-01T12:24+0500
2026-04-01T12:24+0500
2026-04-01T12:24+0500
o‘zbekiston
jamiyat
o‘zbekiston temir yo‘llari
poyezd qatnovi
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/790/14/7901481_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_bed53986603d87337e20619bc5d575da.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Tashuvchining aybi bilan mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar kechikkan hollarda yo‘lovchilarga pullik kompensatsiya to‘lash tartibi joriy etilishi mumkin. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, hozirgacha bunday holatlarda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lash tartibi normativ hujjatlarda belgilanmagan. Shu bois qo‘mita Transport vazirligiga qoidalarga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha so‘rov yuborgan.Vazirlikka ko‘ra, hozir “O‘zbekiston temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari”ning yangi tahriri ishlab chiqilmoqda. Unda mahalliy yo‘nalishlarda poyezd kechikkan taqdirda yo‘lovchilarga quyidagicha kompensatsiya to‘lash nazarda tutilgan:— 15–30 daqiqa kechiksa — yo‘lkiraning 15 foizi;— 31–60 daqiqa kechiksa — 25 foizi;— 61–120 daqiqa kechiksa — 50 foizi;— 121 daqiqadan ortiq kechiksa — 100 foizi.Hozircha bunday tartib faqat “Afrosiyob” poyezdlari uchun amal qiladi. Yangi qoidalar qabul qilinsa, u boshqa mahalliy poyezdlarga ham tatbiq etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260203/uzbekistan-airways-qaytish-chipta-bekor-qilinmaslik-55440414.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/790/14/7901481_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_129a5ea5958ad835bbc1b51f6ba7d0fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kompensatsiya, poyezdlar, temir yo‘l, raqobat qo‘mitasi, transport vazirligi, afrosiyob, o‘zbekiston temir yo‘llari, poyezd chiptasi
kompensatsiya, poyezdlar, temir yo‘l, raqobat qo‘mitasi, transport vazirligi, afrosiyob, o‘zbekiston temir yo‘llari, poyezd chiptasi
Poyezd kechiksa, kompensatsiya olish mumkin: yangi qoida ishlab chiqilmoqda
Mahalliy yo‘nalishda poyezd tashuvchi aybi bilan 2 soatdan ortiq kechiksa, yo‘lovchiga chipta puli to‘liq, 1 soatdan 2 soatgacha kechiksa yarmi qaytarilishi mumkin.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Tashuvchining aybi bilan mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar kechikkan hollarda yo‘lovchilarga pullik kompensatsiya to‘lash tartibi joriy etilishi mumkin. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, hozirgacha bunday holatlarda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lash tartibi normativ hujjatlarda belgilanmagan. Shu bois qo‘mita Transport vazirligiga qoidalarga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha so‘rov yuborgan.
Vazirlikka ko‘ra, hozir “O‘zbekiston temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari”ning yangi tahriri ishlab chiqilmoqda. Unda mahalliy yo‘nalishlarda poyezd kechikkan taqdirda yo‘lovchilarga quyidagicha kompensatsiya to‘lash nazarda tutilgan:
— 15–30 daqiqa kechiksa — yo‘lkiraning 15 foizi;
— 31–60 daqiqa kechiksa — 25 foizi;
— 61–120 daqiqa kechiksa — 50 foizi;
— 121 daqiqadan ortiq kechiksa — 100 foizi.
Hozircha bunday tartib faqat “Afrosiyob” poyezdlari uchun amal qiladi. Yangi qoidalar qabul qilinsa, u boshqa mahalliy poyezdlarga ham tatbiq etiladi.