https://oz.sputniknews.uz/20260910/russia-uzbekistan-hamkorlik-60331281.html
Rossiya — O‘zbekiston: hamkorlikning yangi yo‘nalishlari
Rossiya — O‘zbekiston: hamkorlikning yangi yo‘nalishlari
Sputnik O‘zbekiston
Description: Sputnik O‘zbekiston xalqaro matbuot markazida ekspertlar Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida raqamlashtirish, ta’lim, savdo, sarmoya va transport yo‘laklari bo‘yicha yangi imkoniyatlar hamda istiqbollarni muhokama qildi.
2026-09-10T10:33+0500
2026-09-10T10:33+0500
2026-09-10T10:33+0500
matbuot markazi
o‘zbekiston
rossiya
matbuot markazi video
hamkorlik
yeoii
iqtisod
savdo
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60325074_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_269cad9896aee4317f9d9e9fca44f6b2.jpg
Sputnik O‘zbekiston xalqaro matbuot markazida rossiyalik ekspertlar o‘zgaruvchan geosiyosiy va iqtisodiy vaziyat fonida Moskva va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.E’tiborli yo‘nalishlardan biri — raqamlashtirish. A.M. Gorchakov nomidagi Jamoat diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Sergey Orlovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekiston AT sohasining jadal rivojlanishini kuzatib bormoqda."Koordinatsionnaya laboratoriya" avtonom notijorat tashkiloti bosh direktori Anna Sitnik esa ma’lumotlar markazlarini tashkil etish, milliy sun’iy intellekt modellarini yaratish va raqamli sohani tartibga soluvchi qonunchilik bo‘yicha tajriba almashishni istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.Uning fikricha, yana bir muhim vazifa — yangi texnologiyalar bilan ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlash. Chunki sun’iy intellekt nafaqat iqtisodiyot va davlat boshqaruviga, balki mehnat bozoriga ham tobora katta ta’sir ko‘rsatmoqda.Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi — ta’lim. Rossiya TIV Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Maksim Suchkovning aytishicha, xorijiy universitetlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotganiga qaramay, O‘zbekistonda Rossiya ta’limiga qiziqish yuqoriligicha qolmoqda.Ikki davlat o‘rtasida yosh tadqiqotchilar va sharqshunoslarni tayyorlash sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Ayni kunlarda Toshkentda MGIMO va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining V Yosh sharqshunoslar maktabi o‘tkazilmoqda. Entinaning fikricha, so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi ham tobora yaqinlashib bormoqda.Transport va logistika masalasi ham muhokamaning muhim mavzularidan biri bo‘ldi. Dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekiston uchun tashqi bozorlarga olib chiqadigan bir nechta muqobil yo‘nalishlarga ega bo‘lish strategik ahamiyat kasb etadi.Sharqshunos, MGIMO o‘qituvchisi Darya Saprinskayaning fikricha, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari turli transport yo‘nalishlarini bir-biriga raqobatchi sifatida emas, balki o‘zaro bog‘liq tizim sifatida rivojlantirishi mumkin.Muhokama ishtirokchilarining fikricha, yangi texnologiyalar, ta’lim, sarmoya va transport yo‘laklari Rossiya — O‘zbekiston hamkorligining kelgusi bosqichida tobora katta ahamiyat kasb etishi mumkin.Matbuot anjumanining to‘liq yozuvi — Sputnik videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20260623/russia-uzbekistan-iqtisodiyotlar-birgalikda-rivojlantirish-58527507.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60325074_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_2f47362f0d6bf033d7248478815c4b4c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, matbuot markazi video, hamkorlik, yeoii, iqtisod, savdo, video
o‘zbekiston, rossiya, matbuot markazi video, hamkorlik, yeoii, iqtisod, savdo, video
Rossiya — O‘zbekiston: hamkorlikning yangi yo‘nalishlari
Eksklyuziv
Rossiyalik ekspertlar Toshkentda ikki davlat aloqalarida raqamlashtirish, ta’lim, savdo va transportning o‘rnini muhokama qildi.
Sputnik O‘zbekiston xalqaro matbuot markazida rossiyalik ekspertlar o‘zgaruvchan geosiyosiy va iqtisodiy vaziyat fonida Moskva va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.
E’tiborli yo‘nalishlardan biri — raqamlashtirish. A.M. Gorchakov nomidagi Jamoat diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Sergey Orlovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekiston AT sohasining jadal rivojlanishini kuzatib bormoqda.
Uning ta’kidlashicha, bu yo‘nalishda yangi qo‘shma loyihalar uchun imkoniyatlar mavjud. Xususan, Markaziy Osiyo xalqaro instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi g‘oyalar shakllanmoqda.
"Koordinatsionnaya laboratoriya" avtonom notijorat tashkiloti bosh direktori Anna Sitnik esa ma’lumotlar markazlarini tashkil etish, milliy sun’iy intellekt modellarini yaratish va raqamli sohani tartibga soluvchi qonunchilik bo‘yicha tajriba almashishni istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.
Uning fikricha, yana bir muhim vazifa — yangi texnologiyalar bilan ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlash. Chunki sun’iy intellekt nafaqat iqtisodiyot va davlat boshqaruviga, balki mehnat bozoriga ham tobora katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi — ta’lim. Rossiya TIV Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Xalqaro tadqiqotlar instituti direktori Maksim Suchkovning aytishicha, xorijiy universitetlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotganiga qaramay, O‘zbekistonda Rossiya ta’limiga qiziqish yuqoriligicha qolmoqda.
Ikki davlat o‘rtasida yosh tadqiqotchilar va sharqshunoslarni tayyorlash sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Ayni kunlarda Toshkentda MGIMO va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining V Yosh sharqshunoslar maktabi o‘tkazilmoqda.
Milliy tadqiqot universiteti "Oliy iqtisodiyot maktabi"ning O‘rta yer dengizi tadqiqotlari markazi direktori Yekaterina Entina Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo va sarmoyaviy hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Respublikada Rossiya kapitali ishtirokidagi 3 mingdan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda.
Entinaning fikricha, so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi ham tobora yaqinlashib bormoqda.
Transport va logistika masalasi ham muhokamaning muhim mavzularidan biri bo‘ldi. Dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekiston uchun tashqi bozorlarga olib chiqadigan bir nechta muqobil yo‘nalishlarga ega bo‘lish strategik ahamiyat kasb etadi.
Sharqshunos, MGIMO o‘qituvchisi Darya Saprinskayaning fikricha, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari turli transport yo‘nalishlarini bir-biriga raqobatchi sifatida emas, balki o‘zaro bog‘liq tizim sifatida rivojlantirishi mumkin.
Jumladan, mavjud yo‘laklarni "Shimol — Janub" yo‘nalishi bilan bog‘lash yuk oqimlarini vaziyatga qarab qayta taqsimlash, tashqi savdo uchun muqobil yo‘llardan foydalanish va eng samarali marshrutlarni tanlash imkonini beradi.
Muhokama ishtirokchilarining fikricha, yangi texnologiyalar, ta’lim, sarmoya va transport yo‘laklari Rossiya — O‘zbekiston hamkorligining kelgusi bosqichida tobora katta ahamiyat kasb etishi mumkin.
Matbuot anjumanining to‘liq yozuvi —
Sputnik videosida.