https://oz.sputniknews.uz/20260623/russia-uzbekistan-iqtisodiyotlar-birgalikda-rivojlantirish-58527507.html
Mishustin: Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotlarini birgalikda rivojlantirishda davom etadi
Mishustin: Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotlarini birgalikda rivojlantirishda davom etadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonni muhim savdo sherigi deb atadi. U ikki mamlakat iqtisodiyot, energetika, raqamlashtirish va kreativ industriyalar sohasida hamkorlikni kengaytirishda davom etishini bildirdi.
2026-06-23T09:19+0500
2026-06-23T09:19+0500
2026-06-23T10:10+0500
madaniyat
iqtisod
mixail mishustin
hamkorlik
abdulla aripov
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/10/58388758_0:205:2911:1842_1920x0_80_0_0_351d78ce7e51b14bf05e8365f84904d2.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bosh vazir o‘rinbosarlari bilan yig‘ilishda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi hamda kreativ iqtisodiyot masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya yakunlari haqida gapirar ekan, O‘zbekistonni Rossiyaning muhim savdo sherigi deb atadi.Uning ta’kidlashicha, Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish va boshqa qator sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirmoqda.Shuningdek, Mishustin Rossiya hukumati kreativ sanoat mahsulotlarini rivojlantirish va ularni xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda davom etishini bildirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, kreativ iqtisodiyot millionlab fuqarolarning ijodiy g‘oyalari va iste’dodiga tayanadi hamda davlatlar raqobatbardoshligini oshirish va milliy madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.Rossiya bosh vaziri 18-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Madaniy aloqalarni mustahkamlash va kreativ hamda ijodiy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgan.Shu bilan birga, ushbu konferensiyada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqanddan Sankt-Peterburggacha kreativ turizm yo‘lagini yaratish tashabbusi bilan chiqdi. Shuningdek, u ijodiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish va yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260617/rossiya-ozbekistonning-etakchi-investorlaridan-biri--mishustin-58402598.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/10/58388758_91:0:2820:2047_1920x0_80_0_0_c0ccb53769d12b9ff5ddf7f598ebfcef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, iqtisod, mixail mishustin, hamkorlik, abdulla aripov, rossiya, o‘zbekiston
madaniyat, iqtisod, mixail mishustin, hamkorlik, abdulla aripov, rossiya, o‘zbekiston
Mishustin: Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotlarini birgalikda rivojlantirishda davom etadi
09:19 23.06.2026 (yangilandi: 10:10 23.06.2026) Mixail Mishustin Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishda davom etishini hamda kreativ industriyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bosh vazir o‘rinbosarlari bilan yig‘ilishda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi hamda kreativ iqtisodiyot masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya yakunlari haqida gapirar ekan, O‘zbekistonni Rossiyaning muhim savdo sherigi
deb atadi.
"Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo sherigi bo‘lib, uning hududida minglab mahalliy korxonalar faoliyat yuritmoqda", — dedi Mishustin.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish va boshqa qator sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirmoqda.
"Mamlakatlarimiz milliy iqtisodiyotlarni rivojlantirish uchun birgalikda harakat qilishda davom etadi", — dedi Rossiya hukumati rahbari.
Shuningdek, Mishustin Rossiya hukumati kreativ sanoat mahsulotlarini rivojlantirish va ularni xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda davom etishini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kreativ iqtisodiyot millionlab fuqarolarning ijodiy g‘oyalari va iste’dodiga tayanadi hamda davlatlar raqobatbardoshligini oshirish va milliy madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.
Rossiya bosh vaziri 18-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Madaniy aloqalarni mustahkamlash va kreativ hamda ijodiy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etgan.
U yerda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumat rahbarlari bilan kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Shu bilan birga, ushbu konferensiyada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqanddan Sankt-Peterburggacha kreativ turizm yo‘lagini yaratish tashabbusi bilan chiqdi. Shuningdek, u ijodiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish va yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi.