https://oz.sputniknews.uz/20260817/crimea-ukraine-agent-59751319.html
"Gunter" taxallusi va 500 yevrogacha haq: Qrimda Ukraina agenti ushlandi — Rossiya FXX
"Gunter" taxallusi va 500 yevrogacha haq: Qrimda Ukraina agenti ushlandi — Rossiya FXX
Sputnik O‘zbekiston
Qrimda davlatga xiyonatda gumonlangan 54 yoshli shaxs ushlandi. FXX uning 500 yevrogacha haq evaziga harbiy obyektlar haqida ma’lumot to‘plaganini bildirdi.
2026-08-17T14:29+0500
2026-08-17T14:29+0500
2026-08-17T14:29+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
josus
qrim
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20925890_0:79:1594:976_1920x0_80_0_0_6b8b0191b0b2c7f55130bcbe61b76add.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Qrimda Rossiya Mudofaa vazirligi obyektlari haqida ma’lumot to‘plagan va portlovchi moddalar uchun yashirin joylar tayyorlaganlikda gumonlangan Sevastopol fuqarosi ushlandi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xabar berdi.Xizmat ma’lumotiga ko‘ra, 54 yoshli erkak Telegram orqali Ukraina Xavfsizlik xizmati vakili bilan aloqa o‘rnatgan. Unga internet orqali 100 yevrodan 500 yevrogacha pul ishlash taklif qilingan.FXXga ko‘ra, keyinchalik u harbiy obyektlar haqida ma’lumot to‘plab, kuratoriga yetkazgan, shuningdek, portlovchi qurilmalar qismlari saqlanadigan yashirin joylar bilan bog‘liq topshiriqlarni bajargan.Sevastopol yaqinidagi o‘rmon hududidagi ana shunday joylardan birida 476,8 gramm geksogen asosidagi portlovchi modda va harbiy elektr detonatori topilgan.Gumonlanuvchiga nisbatan davlatga xiyonat hamda portlovchi moddalar va qurilmalarning noqonuniy muomalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U hibsga olingan.Rossiya FXX ma’lumotiga ko‘ra, ushbu moddalar bo‘yicha unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham tahdid qilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260713/fsb-aerodrom-59006830.html
qrim
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20925890_95:0:1500:1054_1920x0_80_0_0_1e189225564efb26a684d501a15631ef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, josus, qrim, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), ukraina, rossiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, josus, qrim, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), ukraina, rossiya
"Gunter" taxallusi va 500 yevrogacha haq: Qrimda Ukraina agenti ushlandi — Rossiya FXX
FXXga ko‘ra, "Gunter" taxallusini olgan Sevastopol fuqarosi harbiy obyektlar haqida ma’lumot to‘plagan va yashirin joylar bilan bog‘liq topshiriqlarni bajargan
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Qrimda Rossiya Mudofaa vazirligi obyektlari haqida ma’lumot to‘plagan va portlovchi moddalar uchun yashirin joylar tayyorlaganlikda gumonlangan Sevastopol fuqarosi ushlandi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)
xabar berdi.
Xizmat ma’lumotiga ko‘ra, 54 yoshli erkak Telegram orqali Ukraina Xavfsizlik xizmati vakili bilan aloqa o‘rnatgan. Unga internet orqali 100 yevrodan 500 yevrogacha pul ishlash taklif qilingan.
Qo‘lga olingan shaxs FXX e’lon qilgan videoda o‘ziga "Gunter" taxallusini tanlaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab unga Qrimdagi Rossiya Mudofaa vazirligi obyektlari joylashuvini aniqlash bo‘yicha sinov topshirig‘i berilgan.
FXXga ko‘ra, keyinchalik u harbiy obyektlar haqida ma’lumot to‘plab, kuratoriga yetkazgan, shuningdek, portlovchi qurilmalar qismlari saqlanadigan yashirin joylar bilan bog‘liq topshiriqlarni bajargan.
Sevastopol yaqinidagi o‘rmon hududidagi ana shunday joylardan birida 476,8 gramm geksogen asosidagi portlovchi modda va harbiy elektr detonatori topilgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan davlatga xiyonat hamda portlovchi moddalar va qurilmalarning noqonuniy muomalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U hibsga olingan.
Rossiya FXX ma’lumotiga ko‘ra, ushbu moddalar bo‘yicha unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham tahdid qilishi mumkin.