https://oz.sputniknews.uz/20260810/davlat-idoralar-ozbek-til-59601095.html
Davlat idoralarida o‘zbek tili: rahbarlar shaxsan javobgar bo‘ladi
Davlat idoralarida o‘zbek tili: rahbarlar shaxsan javobgar bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha yangi tartib belgilandi. Maslahatchilar Departamentga ham hisobdor bo‘ladi, tashkilot rahbari esa qonun talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradi.
2026-08-10T12:57+0500
2026-08-10T12:57+0500
2026-08-10T12:57+0500
o‘zbek tili
yangi qonun
o‘zbekiston
jamiyat
idora
hujjatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0a/59600927_0:0:1673:941_1920x0_80_0_0_83d6b19bea4dccdf3281270fe5510813.png
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish tartibiga oid yangi qoidalar belgilandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rahbarlarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi.Nima o‘zgardi?— davlat tili bo‘yicha maslahatchini lavozimga tayinlash va ozod etish Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan kelishiladi;— maslahatchi endi nafaqat tashkilot rahbariga, balki Davlat tilini rivojlantirish departamentiga ham hisobdor bo‘ladi;— maslahatchilar faoliyatini Departament muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi;— eng muhim yangiliklardan biri — davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi, jumladan hujjatlarning davlat tilida yuritilishi uchun tashkilot rahbari mas’ul va shaxsan javobgar etib belgilandi.Maslahatchilar davlat tili qoidalariga rioya etilishi bilan birga geografik obyektlarga nom berish va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunchilik ijrosini ham nazorat qiladi. Ayni paytda lingvistik ekspertizaning o‘zi yangi tartib emas. Bunday ekspertiza 2023-yildan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun joriy etilgan. Yangi nizom bu vazifani maslahatchilar faoliyati doirasida mustahkamlab qo‘ymoqda.Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarini joriy etish 2025-yil oktabrda belgilangan va 2026-yil 1-yanvardan amal qila boshlagan. 7-avgustdagi qaror esa ularning ishlash mexanizmini aniq belgilab berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260518/alisher-navoiy-ozbek-til-olimpiada-57665276.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0a/59600927_208:0:1463:941_1920x0_80_0_0_aaa2fcd91d6c643b27dcf357e1037f39.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbek tili, yangi qonun, o‘zbekiston, jamiyat, idora, hujjatlar
o‘zbek tili, yangi qonun, o‘zbekiston, jamiyat, idora, hujjatlar
Davlat idoralarida o‘zbek tili: rahbarlar shaxsan javobgar bo‘ladi
Yangi qaror maslahatchilarni tayinlash va hisobdorlik tartibini belgilab, tashkilot rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish tartibiga oid yangi qoidalar belgilandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rahbarlarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini tartibga soluvchi nizom
tasdiqlandi. — davlat tili bo‘yicha maslahatchini lavozimga tayinlash va ozod etish Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan kelishiladi;
— maslahatchi endi nafaqat tashkilot rahbariga, balki Davlat tilini rivojlantirish departamentiga ham hisobdor bo‘ladi;
— maslahatchilar faoliyatini Departament muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi;
— eng muhim yangiliklardan biri — davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi, jumladan hujjatlarning davlat tilida yuritilishi uchun tashkilot rahbari mas’ul va shaxsan javobgar etib belgilandi.
Maslahatchilar davlat tili qoidalariga rioya etilishi bilan birga geografik obyektlarga nom berish va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunchilik ijrosini ham nazorat qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish choralarini ko‘rish ham ularning vazifalari qatoriga kiritilgan.
Ayni paytda lingvistik ekspertizaning o‘zi yangi tartib emas. Bunday ekspertiza 2023-yildan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun joriy etilgan. Yangi nizom bu vazifani maslahatchilar faoliyati doirasida mustahkamlab qo‘ymoqda.
Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarini joriy etish 2025-yil oktabrda belgilangan va 2026-yil 1-yanvardan amal qila boshlagan. 7-avgustdagi qaror esa ularning ishlash mexanizmini aniq belgilab berdi.