Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zaxarova: Mers — nemis harbiy-sanoat majmuasining quli

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova
Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2026
Obuna bo‘lish
Zaxarova Germaniya, Ukraina va Moldova siyosati haqida fikr bildirib, Mersni nemis harbiy-sanoat majmuasining quli deb atadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Germaniya kansleri Fridrix Mersni nemis harbiy-sanoat majmuasining “quli” deb atadi. Bu haqda u Sputnik radiosidagi mualliflik dasturida bildirdi.
“U Germaniya harbiy-sanoat majmuasi manfaatlarini shunchaki ilgari surmayapti, balki unga xizmat qilyapti. Mers — nemis harbiy-sanoat majmuasining quli”, — dedi Zaxarova.
Diplomat Saksoniya-Anxaltdagi saylov natijalari Germaniya rahbariyati mamlakat fuqarolarining haqiqiy kayfiyatidan uzoqlashganini ko‘rsatganini ta’kidladi. 6-sentabrda o‘tkazilgan saylovda “Germaniya uchun muqobil” partiyasi 43,8 foiz ovoz olgan, Mersning Xristian-demokratik ittifoqi esa 17,2 foiz bilan ikkinchi o‘rinda qolgan.
Zaxarova Yevropa Ittifoqining 2025-yil uchun inson huquqlari va demokratiya bo‘yicha hisobotini ham tanqid qildi. U hujjatni “singan kompas”ga qiyoslab, unda dezinformatsiya tobora kuchayib borayotganini aytdi.
Siktivkardagi sayyor brifingda diplomat Vladimir Zelenskiyning Rossiya havo hududi fuqarolik aviatsiyasi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotini “havo shantaji” deb baholadi.
Uning fikricha, Kiyev bu orqali jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklarni qoplash, tinch aholini qo‘rqitish hamda Rossiyaning iqtisodiy va transport blokadasiga erishishga urinmoqda.
Zaxarova, shuningdek, Ukrainada “qora transplantologiya gullab-yashnayotgani”ni bildirib, safarbar qilinganlarni “biomaterial” sifatida ishlatish holatlari mavjudligini aytdi.
Moldova haqida gapirar ekan, u Kishinyovda Mustaqillik kunida NATO davlatlari harbiy bo‘linmalari ishtirokida parad o‘tkazilishini “ochiq provokatsiya” deb atadi.
Zaxarova so‘nggi yillarda Moldova armiyasini NATO standartlariga o‘tkazish va G‘arb qurollari bilan ta’minlash jarayoni ketayotganini ta’kidladi.
U bu jarayonni bo‘rining qo‘yga “tezkor muvofiqligimizni oshiramiz, keyin seni yeb qo‘yaman”, degan taklifiga qiyosladi.
Shuningdek, 4–19 sentabr kunlari Moldovada AQSh va Ruminiya harbiylari ishtirokida “Fire Shield” mashqlari o‘tkazilayotgani qayd etildi.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M.V.Zaxarovoy, 1-iyulya 2026 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zaxarova Ukraina bo‘yicha Moskva pozitsiyasini sanab o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0