Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zaxarova Ukraina bo‘yicha Moskva pozitsiyasini sanab o‘tdi

© Press slujba MID RFBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M.V.Zaxarovoy, 1-iyulya 2026 goda
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M.V.Zaxarovoy, 1-iyulya 2026 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Mariya Zaxarova brifingda Ukraina atrofidagi vaziyat, muzokaralar va G‘arb pozitsiyasiga doir bir qator bayonotlar berdi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Rossiya Ukraina inqirozini vaqtinchalik kelishuvlar orqali emas, balki mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish orqali hal etish tarafdori. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova 1-iyul kunidagi brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Rossiya bilan “shantaj, tahdid va ultimatumlar tilida” gaplashishga urinishlarni qabul qilmaydi.
Zaxarova Rossiya Ukraina bo‘yicha adolatli va barqaror tinchlikka erishishdan haqiqatan manfaatdor bo‘lgan tomonlar bilan muzokara olib borishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bunday muloqotda “yerdagi realliklar”, avvalgi muzokara raundlari natijalari va mojaroning asl sabablarini bartaraf etish bo‘yicha Moskva pozitsiyasi hisobga olinishi kerak.

Rossiya TIV vakili, shuningdek, Kiyevni real vaziyatga mos kelmaydigan talablardan voz kechishga va Ukraina Qurolli kuchlarini Donbassdan olib chiqishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu jangovar harakatlarning tezroq to‘xtatilishiga yordam beradi.
Zaxarova Yevropa Ittifoqi davlatlari AQShni Ukraina talablari tomoniga og‘dirishga urinayotganini ham aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday urinishlar, jumladan, “Katta yettilik” doirasidagi muloqotlarda ham kuzatilgan.

Bundan tashqari, diplomat Kiyevni G‘arb ko‘rsatmasi bilan mojaroni kengaytirishga va Rossiyaning qo‘shnilari hamda ittifoqchilarini unga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun ajratayotgan navbatdagi moliyaviy yordam real tiklanish ishlariga yetib bormaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larning katta qismi Yevropada qoladi, qolgani esa ukrainalik amaldorlar “cho‘ntagiga tushadi”.
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kiyev rejimini qutqarish rejamiz yo‘q: Putin Ukraina taklifi haqida
Yangiliklar lentasi
0